$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

2025-yil omonat ochish uchun qulay vaqtmi?

50 ming so‘mlik kupyura

O‘zbekistonda 2024-yil rostdan ham omonat ochuvchilar uchun qulay vaqt edi. Oxirgi uch oy ichida omonatlarning o‘rtacha foiz stavkasi 22,1 foiz bo‘ldi, iyundan beri 22 foizdan tushgani yo‘q.

Butun yil uchun oylar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 21,8 foizni tashkil qildi. Bu esa 2014-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich (o‘shanda nima bo‘lgani haqida bu yerda. Biroq 2025-yil bangga omonatga pul qo‘yish uchun qulay vaqt bo‘lmasligi mumkin.

Foiz stavkalari tushmoqda

O‘tgan yil davomida yuqori foizda omonat ochishni taklif qilgan bir nechta banklar foizlarni tushirdi:

“Kapitalbank” — 26 foizdan 22 foizga;

“Ziraatbank” — 26 foizdan 20 foizga;

“Yangi bank” — 27,77 foizdan 26 foizga;

“Davrbank” — 27,09 foizdan 26,5 foizga.

3-fevraldan esa TBC Bank ham omonatlarini 1 foizga pasaytirdi. Bank taklif qilayotgan eng yuqori foizli omonat 27 foizdan 26 foizga o‘zgardi.

TBC Bank 2024-yilda aholidan omonat jalb qilishda eng ko‘p o‘sishga erishgan banklardan biri hisoblanadi.

Endi 27 foizlik omonatlar yo‘q

Shundan so‘ng, “Anorbank” 27 foizlik omonat taklif qilayotgan yagona bangga aylangan edi. Biroq, Oxirgi 27 foizlik omonat taklif qilayotgan — “Anorbank” ham “Yuqori daromad” omonati bilan xuddi shunday qildi. Shunga qaramay bank 7-fevralgacha ochilgan omonatlar, ularning muddati tugaguncha, avvalgi shartlar asosida amal qilishni davom ettirishini ma’lum qildi.

Yana bir yuqori foizli omonat “Davr bank”ga tegishli edi — 26,5 foiz. Biroq fevral oyidan boshlab bank maksimal 25 foizlik omonatlarni qabul qilishga o‘tdi. O‘zbekistonda eng yuqori foizli omonat endilikda 26 foizni tashkil qiladi. Fevral oyidan boshlab banklarda 27 foizlik omonatlarni ochish imkoni yo‘q.

 

Omonatlar kafolati uchun 200 mln. so‘mlik chegara

2024-yil avgustida banklardagi omonatlarning barchasini emas, 200 mln. so‘mgacha bo‘lgan qismini kafolatlash bo‘yicha qonun loyihasi taklif qilingan edi. 24-yanvar kuni ushbu qonun loyihasi senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Markaziy bank yangi tartib oldin ochilgan omonatlarga ta’sir qilmasligini aytib, 200 mln. so‘mlik kafolat har bir bank uchun alohida amal qilishini ma’lum qilgandi.

Masalan omonatchi 10 ta bangga 200 mln. so‘mdan omonat qo‘ysa, umumiy 2 mlrd so‘mlik kafolatlangan omonatlarga ega bo‘ladi.

2025-yilda omonatlarning o‘rtacha foizi pasayadi

Yangi tartib omonat qo‘yuvchilarga pullarini faqat bitta bangga emas, bir nechta bangga qo‘yishni rag‘batlantiradi. Bu ham omonat foiz stavkalarini pasaytirishi kutilmoqda.

Demak, 2025-yilda omonatlarning o‘rtacha foizi pasayishni boshlashi mumkin. Tendensiya shunga qarab ketmoqda.

Теги :
Jamiyat