Ombudsman ishtirokidagi undirilgan hamda undirish belgilangan jami mablag‘lar 1 mlrd. 269 mln. so‘mni tashkil etdi
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) axborot xizmati rahbari Fotima Madrahimova ma’lum qildi.
2 daqiqa o‘qiladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) axborot xizmati rahbari Fotima Madrahimova ma’lum qildi.
Fuqarolarning ish haqi va mehnat munosabatlariga oid masalalar
Ta’kidlanishicha, shundan salkam 261 mln. so‘mi fuqarolarning ish haqi va mehnat munosabatlariga oid.
Fuqarolarning qarzdorligi, sog‘lig‘iga yetkazilgan zararlar, moddiy va ma’naviy zararlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar oqibatida yuzaga kelgan huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganilishi natijasida jami 663,3 mln. so‘mga yaqin mablag‘ fuqarolar foydasiga undirildi.
Aliment masalalari
Xotin-qizlarning voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun 91 mln. so‘mga yaqin aliment to‘lovlari undirilishi ta’minlandi. Aliment to‘lashdan bosh tortgan 5 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 3 ta holatda esa jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
18,4 mln. so‘m miqdorida kommunal qarzdorlik so‘ndirilgan
Shuningdek, 18,4 mln. so‘m miqdorida kommunal qarzdorlikning so‘ndirilishida, 51 mln. so‘mlik turli jarimalarning bekor qilinishida va 7 nafar fuqaroga turar joyga kadastr hujjatlarining rasmiylashtirilishida va ijtimoiy uy ajratilishida ko‘maklashildi.
10 nafar huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlariga intizomiy javobgarlik
Shuningdek, Ombudsman tomonidan fuqarolarning murojaatlari asosida prokuratura organlariga qilingan so‘rovlarga ko‘ra, 3 nafar mas’ulga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ombudsman so‘roviga muvofiq huquqni muhofaza qiluvchi organlarining 10 nafar mas’ul xodimi o‘z vazifasini lozim darajada bajarmaganligi uchun intizomiy javobgarlikka tortildi.



