$
 12640.21
-49.76
 13559.15
1.19
 137.02
-0.18
weather
+26
Кечаси   +14°

Koloniyada 47 nafar mahbus statsionar muolajaga muhtoj

Statsionar muolaja

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili 27-son manzil-koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Respublika boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ul vakillari ham ishtirok etishdi.

Monitoringdan maqsad yashash sharoitini o‘rganish

Monitoring davomida mahkumlarning yashash sharoitlari, jumladan, yotoq joylari, yuvinish xonalari, tibbiyot bo‘limi, oshxona va oziq-ovqat mahsulotlari saqlanayotgan joylar, mehnat sharoitlari hamda uzoq muddatli uchrashuv xonalari ko‘zdan kechirildi va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tavsiyalar berildi.

10 nafar shifokordan tashkil topgan tezkor guruh

Shundan so‘ng, Ombudsmaning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili mahkumlar bilan yakka tartibda suhbatlashib, muassasadagi sharoitlar bo‘yicha fikrlarini o‘rgandi va murojaatlarini qabul qildi.

Shu kuni koloniyadagi barcha mahkumlar 10 nafar tor doiradagi shifokorlar guruhi tomonidan ultratovush tekshiruvi (UTT), EKG va rentgen uskunalari yordamida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tekshiruv natijalari

Tibbiy ko‘rik jarayonida 47 nafar mahkum va mahkumaga “Osteomiyelit”, “Osteoxondroz” tashhislari qo‘yilib, statsionar davo muolajalari buyurildi. 15 nafar mahkum shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra dori-darmon vositalari bilan ta’minlandi. Bundan tashqari, hududdagi poliklinikaning kardiologiya bo‘limida 20 nafar shaxsga ambulator va statsionar davo muolajalari o‘tkazilishi belgilandi.

Shuningdek, Manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 4 nafar mahkumga Ijtimoiy himoya milliy agentligi Respublika boshqarmasi xodimlari tomonidan shifokor tavsiyasi bilan ko‘zoynaklar berildi.

Теги :
Жамият