Yil boshidan buyon bolalarga nisbatan 60 ta zo‘ravonlik holati aniqlangan
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan taqdim etilgan hisobotga ko‘ra, Bolalar ombudsmaniga kelgan murojaatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 47 foizga oshgan.
1 daqiqa o‘qiladi

📍 Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan taqdim etilgan hisobotga ko‘ra, Bolalar ombudsmaniga kelgan murojaatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 47 foizga oshgan.
📝 Hisobot tafsilotlari:
– 2025-yilning dastlabki 6 oyi davomida 885 ta murojaat ko‘rib chiqilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 47 foizga ko‘p degani.
– Murojaatlarning 20 tasi (2,3%) voyaga yetmagan shaxslar tomonidan yo‘llangan.
📡 Internet tarmog‘idagi monitoring:
– 185 ta holatda bola huquqlarining buzilishi aniqlanib, 60 ta zo‘ravonlik holati yuzasidan 16 ta jinoyat ishi va 22 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.
📅 O‘tkazilgan shaxsiy qabul va kuzatuv:
– Bolalar ombudsmani 2025-yilning birinchi yarmida 21 ta shaxsiy qabul o‘tkazib, 87 nafar fuqaro murojaatini ko‘rib chiqqan.
– Ombudsman Kotibiyati xodimlari 20 marotaba fuqarolik, jinoyat va ma’muriy sudlarda bola manfaatlari yuzasidan kuzatuvchi sifatida ishtirok etishgan.
🌍 Xorijga chiqib ketgan va qaytarilgan bolalar:
– 5 nafar bola xorijdan O‘zbekistonga olib kelingan.
– 1 nafar bola o‘z yurtiga, Rossiya Federatsiyasiga qaytarilgan.
– Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida qarovsiz qolgan 16 nafar bolaga zarur shart-sharoitlar ta’minlangach, ular O‘zbekistonga qaytarilgan.



