O‘zbekiston sportchilari 2028-yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga kompleks tayyorlanadi
8-iyul kuni O‘zbekiston prezidenti tomonidan “2028-yil Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.
2 daqiqa o‘qiladi

📍 8-iyul kuni O‘zbekiston prezidenti tomonidan “2028-yil Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.
🎯 Qarorning asosiy maqsadlari:
– Sportning ustuvor toifalardagi boks, dzyudo, taekvondo, erkin kurash, og‘ir atletika turlari bo‘yicha medallar sonini oshirish;
– Sportning rivojlanayotgan toifadagi triatlon, voleybol, stol tennisi, basketbol, zamonaviy besh kurash kabi 21 ta turi bo‘yicha litsenziyalar olish;
– Xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
🏆 Sport turlari ajratilishi:
– Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida erishilgan natijalardan kelib chiqib, sport turlari ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalarga ajratiladi.
– Ushbu ro‘yxat har 4 yilda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan kalendar yilning yakuniga qadar qayta ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
🏅 Yoshlar o‘rtasidagi musobaqalar:
– 2025-yildan boshlab o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatlarini uch bosqichli “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari shaklida o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
– Olimpiya shaharchasida “Prezident Olimpiadasi” sifatida musobaqalarning respublika final bosqichi o‘tkaziladi.
🏅 Saralangan sportchilarni tayyorlash:
– Respublika bosqichida saralangan sportchilar quyidagi sport-ta’lim tashkilotlariga milliy terma jamoalarga zaxira sifatida tayyorlash uchun yo‘naltiriladi:
– 1- va 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchilar – Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga;
– 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar – hududiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga.
📚 O‘quv jarayonining ikki bosqichi:
– 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘qish jarayoni 2 ta bosqichda amalga oshiriladi:
– 1-bosqich: 8–11-sinflar uchun Olimpiya va Paralimpiya maktabi;
– 2-bosqich: 1–2-kurslar uchun Olimpiya va Paralimpiya kolleji.
💰 O‘quvchi-sportchilarga stipendiya:
– 2026-yildan boshlab, Markaz o‘quvchi-sportchilari kontingenti 800 nafarga yetkaziladi va Olimpiya va Paralimpiya kolleji o‘quvchi-sportchilariga Sport vazirligining stipendiyasi uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida oylik stipendiya ta’sis etiladi.
🎓 Jahon chempionlari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul:
– Olimpiya o‘yinlari va shu musobaqa dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha jahon chempionatlari g‘olib va sovrindorlari oliy harbiy (ixtisoslashtirilgan) ta’lim muassasalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi.



