Juma, 23-oktabr, 2026
Havo 72 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +20° kechasi +8°

O‘zbekiston Parij Olimpiadasida o‘z rekordini yangiladi

O‘zbekiston bugungi kunga qadar 7 bor yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan. Musobaqaning dastlabki haftasi yakunlangach, delegatsiyamiz o‘zining tarixiy natijasini yangilagani ma’lum bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qiladi

Rekord yangilandi

Parij Olimpiadasida dastlabki hafta yakunlandi. Ayni vaqtga qadar mamlakatimiz delegatsiyasi Parij Olimpiadasida 1 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, musobaqaning umumiy reytingda 25-pog‘onani band etib turibdi. Bu orqali delegatsiyamiz Olimpiadaning birinchi haftaligida medal qo‘lga kiritish bo‘yicha amaldagi o‘z rekordini yangiladi. 

Tarixiy xronologiya

O‘zbekiston delegatsiyalarining Olimpiada o‘yinlaridagi dastlabki haftalik natijalari xronologiyasi quyidagicha:

Atlanta-1996: 1 ta kumush (yakunda 1 ta kumush, 1 ta bronza)

Sidney-2000: 0 (yakunda 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza)

Afina-2004: 0 (yakunda 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza)

Pekin-2008: 1 ta kumush, 1 ta bronza (yakunda 1 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza)

London-2012: 1 ta bronza (yakunda 1 ta oltin, 4 ta bronza)

Rio-2016: 3 ta bronza (yakunda 4 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza)

Tokio-2020: 1 ta oltin, 1 ta bronza (yakunda 3 ta oltin, 2 ta bronza)