$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston Hindiston bilan birgalikda dunyoda oltinning asosiy ikki xaridoriga aylandi

positive

O‘zbekiston oltin xarid qilishda ham yuqori o‘rinlarni egallamoqda. Tabiiy boyliklarni faqatgina chiqarib yuborish emas, olib kirishda ham birinchilikka erishildi.

Yirik xaridor

Iyun oyida O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin xaridorlaridan biriga aylandi, deb xabar bermoqda Jahon oltin kengashi.

Oy davomida jahon markaziy banklarining zaxiralari 12 tonnaga oshdi. Oltin sotib olish hajmi 31 tonnani, sotish 18 tonnani tashkil etdi.

Qimmatbaho metallning asosiy xaridorlari O‘zbekiston Markaziy banki va Hindiston Zaxira banki bo‘ldi — har biri 9 tonnadan. 

Qolgan davlatlardan Polsha — 4 tonna, Qatar — 3 tonna, Iordaniya va Chexiya — har biri 2 tonnadan, Turkiya — 1 tonna oltin sotib oldi.

Bu safar oltin sotishda kim yetakchi?

Iyun oyida oltin sotish bo‘yicha yetakchi Singapur Markaziy banki bo‘ldi — 12 tonna. Qozog‘iston Milliy banki esa 6 tonna oltin sotgan.

Yil boshidan buyon O‘zbekiston tomonidan sotilgan oltinning sof hajmi qariyb 7 tonnani tashkil qildi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat uchinchi o‘rinni egalladi va Tailand va Filippindan keyingi o‘rinni oldi. Qimmatbaho metallning asosiy xaridorlari Turkiya, Hindiston va Xitoy bo‘ldi.

Valyuta zaxirasi

Iyun oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 293,7 million dollarga kamayib, 36,34 milliard dollarni tashkil etdi. Oltinning fizik hajmi 9,3 tonnaga oshdi, ammo valyuta zaxiralari deyarli 800 million dollarga kamaygan.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot