$
 12670.05
37.83
 13560.75
82.17
 138.00
3.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Birinchi chorakda O‘zbekiston qancha oltin sotgani ma’lum bo‘ldi

Oltin

2024-yil yanvar-mart oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 927,9 mln. AQSh dollariga yoki 6,2 foizga ko‘paydi.

Tashqi savdo balansi manfiy

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 6 mlrd. 384,4 mln. AQSh dollariga va import hajmi 9 mlrd. 438,6 mln. AQSh dollariga yetdi. Hisobot davrida 3 mlrd. 54,2 mln. AQSh dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etilgan. 

2,66 milliard dollarlik oltin eksporti

Mamlakat eksportida, jumladan, oltinning ulushi 2024-yilning yanvar-mart oylarida 41,7 foizni yoki 2,66 mlrd dollardan ortiq qiymatni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilning xuddi shu davrida bu ko‘rsatkich 37,8 foizni tashkil etgan edi. 

Shu bilan birga, 2023-yilning birinchi choragiga nisbatan qimmatbaho metallar eksporti hajmi 10,5 foizga oshgan.  

Bir unsiya oltin 2 410 dollar

Ma’lumot uchun, so‘nggi vaqtlarda jahonda oltin narxining keskin o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Hozirda bir unsiya oltin narxi qariyb 2 410 dollardan ziyodni tashkil etmoqda.

Теги :
Иқтисодиёт