$
 12136.57
-0.53
 14318.73
11.52
 157.70
-0.83
weather
+26
Кечаси   +14°

Oltin zaxiralari bo‘yicha dunyo xaritasi o‘zgardi

Oltin

2020-yildan beri dunyoda oltin narxi 230 foizdan ko‘proq qimmatlashdi. Shu fonda dunyo markaziy banklari tarixdagi eng yirik oltin xarid to‘lqinlaridan birini boshladi. Ko‘plab davlatlar oltinni oddiy zaxira emas, balki siyosiy va moliyaviy xavfsizlik vositasi sifatida ko‘ra boshladi. Geosiyosiy keskinlik, valyuta beqarorligi va AQSh dollariga qaramlikni kamaytirish istagi oltin xaridini yanada tezlashtirdi.

So‘nggi 5 yilda qaysi davlatlar eng ko‘p oltin xarid qildi? Qaysilari eng ko‘p oltin sotdi?

Eng ko‘p oltin sotib olgan davlatlar

Jahon Oltin Kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020–2025-yillar oralig‘ida eng faol 15 ta davlat qariyb 2 000 tonna oltin xarid qilgan. Eng katta xaridni Xitoy amalga oshirdi — 357 tonna. Undan keyin Polsha 314 tonna bilan ikkinchi o‘rinda turadi. Turkiya 251 tonna, Hindiston esa 245 tonna oltin sotib olgan. Shuningdek, Braziliya, Ozarbayjon, Yaponiya, Tailand, Vengriya, Singapur, Iroq, Qatar, Chexiya, Rossiya va BAA ham oltin zaxiralarini sezilarli darajada oshirgan. Polsha bu xaridni pul tizimini mustahkamlash maqsadida amalga oshirdi. Turkiya va Hindiston esa inflyatsiya va valyuta tebranishlari sabab oltinni xavfsiz aktiv deb hisoblamoqda.

Rivojlanayotgan davlatlar ham ortda qolmadi

Yirik iqtisodiyotlardan tashqari, bir qator rivojlanayotgan mamlakatlar ham oltin sotib oldi. Braziliya 100 tonnadan ortiq oltin xarid qilgan. Ozarbayjon esa xaridni Davlat Neft jamg‘armasi orqali amalga oshirgan. Yaponiya, Tailand, Vengriya va Singapur ham zaxiralarni kengaytirgan. Bu davlatlar iqtisodiy noaniqlik davrida oltinni barqaror va ishonchli zaxira deb bilmoqda.

Kimlar oltin sotdi?

Ayrim davlatlarning markaziy banklari esa zaxirasini kamaytirdi. Eng katta qisqartirish Filippinda qayd etilgan — ular 65 tonnadan ortiq oltin sotgan. Qozog‘iston 52 tonna, Shri-Lanka esa qariyb 19 tonna oltin kamaytirgan. Bu asosan ichki moliyaviy bosim va iqtisodiy muammolar bilan bog‘liq. Shuningdek, Germaniya, Mongoliya, Tojikiston, Yevropa hududi mamlakatlari, Kolumbiya, Finlyandiya, Kurakao va Sent-Martin, Solomon orollari, Surinam, Malta, Efiopiya hamda Shveysariya ham oz miqdorda oltin zaxirasini kamaytirgan. Germaniya va Finlyandiya zaxirani biroz qisqartirgan bo‘lsa, Shveysariyada o‘zgarish juda kichik bo‘lgan. Bu ularning oltin siyosati barqaror ekanini ko‘rsatadi.

Теги :
Jamiyat