$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbkiston OTJ bosh murabbiyi Olimpiya shaharchasidagi kamchiliklar haqida gapirdi

Temur Kapadze

Kuni kecha Parij-2024 Olimpiadasi 1-turi doirasidagi dastlabki o‘yinda turnir debyutanti O‘zbekiston amaldagi kumush medali sohibi Ispaniyaga qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yindagi vakillarimizning yagona va tarixiy goliga Eldor Shomurodov mualliflik qildi. 

Tashkilotchilik muammolari

O‘zbkiston OTJ bosh murabbiyi Olimpiya shaharchasidagi kamchiliklar borligini ma’lum qildi. Karpadzening aytishicha, Olimpiada shaharchasida qiyinchiliklar yetarlicha. Jamoa Olimpiya shaharchasiga kelganidan beri har kuni qandaydir voqealar sodir bo‘ladi. Xona masalasida, mashg‘ulotga borib-kelish masalasida. Avtobuslar vaqtida kelmaydi, yo‘lda adashib qoladi. Mashg‘ulotlarga borib-kelishning o‘ziga ko‘p vaqt sarf qilinmoqda. Nafaqat O‘zbekiston, balki boshqa jamoalarda ham shunday muammolar bor. 

"Hammamiz birgalikda bunday holatlardan chiqishga harakat qilmoqdamiz"

"Bu yerda faqat futbolga tayyorgarlik ko‘rishni o‘ylamas ekansiz. Yana boshqa masalalarni o‘ylash kerak ekan. Birinchi kun kelganimizda bizni joylashtirishdi, biroq ertasiga bu sizlarni xonalar emas ekan deb yana bo‘shattirishdi. Boshqa korpusga o‘tadigan murabbiylar bo‘ldi. O‘ziga yarasha har kuni qandaydir vaziyatlar bo‘lib turibdi. Hammamiz birgalikda bunday holatlardan chiqishga harakat qilmoqdamiz. Biroq shu mayda narsalar ham o‘yinga tayyorgarlik olib borishga to‘sqinlik qiladi. Futbol bahslarini boshqa shaharda o‘tkazayotgan jamoalar mehmonxonada yashashmoqda, ularda biz kabi muammolar bo‘lmayapti. Olimpiya shaharchasida yashashning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor ekan. Yurtimizning boshqa sportchilari bilan gaplashsak, Tokioda o‘tgan olimpiada bundan ancha tarkibli o‘tgan ekan. O‘zimiz ishtirok etgan Osiyo o‘yinlarida ham bunday holatlarni ko‘rmagandik. Nima bo‘lgan taqdirda ham keyingi uchrashuvlarga tayyorgarliklarni davom ettiramiz." — deydi Temur Kpadze.

Ma’lumot uchun, Temur Kapadze shogirdlari 2-tur doirasida 27 iyul kuni Misrga qarshi maydonga tushadi. Bahs Nant shahrida bo‘lib o‘tadi.