$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Olimpiyachilarga atalgan mukofot summasi ma’lum bo‘ldi

U23

O‘zbekiston futboli tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Temur Kapadze boshchiligidagi jamoamiz futbolchilarining har biriga pul mukofoti taqdim etildi.

Bonjour Paris

Joriy yilning 29-aprel kuni Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogi U23 yarimfinali doirasida O‘zbekiston olimpiya jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final bosqichiga chiqish barobarida o‘z tarixida ilk bor Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi. Shu tariqa jamoa Parijda o‘tadigan har to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasida ishtirok etishini kafolatlagandi.

Guruh bosqichi

21-mart kuni Parijda o‘tadigan Olimpiadaning futbol musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tgandi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo Kubogining yarim finalida Indoneziyani taslim qilib, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgach, terma jamoa Osiyo Kubogi finalida mag‘lubiyat qayd etib, "C" guruhida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi jamoalariga qarshi o‘ynashi ma’lum bo‘ldi.

Mukofot summasi

Tasdiqlanmagan insayd xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston futboli tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Temur Kapadze boshchiligidagi o terma jamoamiz futbolchilarining har biriga 30 000 AQSH dollaridan pul mukofoti berilgan. Ma’lumot uchun, 30 000 AQSH dollari ayni vaqt 380 mln. 196 ming 900 so‘mni tashkil qilmoqda.

Теги :
Жамият