50 yoshni qarshilayotgan Oksana Chusovitina jahon kubogi sovrindoriga aylandi
Ushbu musobaqa “Los-Anjeles-2028” Olimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolarini taqdim etishi bilan yilning ilk nufuzli musobaqasi hisoblanadi.
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyaning Kotbus shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon Kubogining navbatdagi bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
Musobaqaning o‘zbekistonliklar uchun ahamiyatli jihati shundaki, unda gimnastika afsonasi, bu yil 50 yoshni qarshi olayotgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina ham o‘z mahoratini namoyish etib, tayanib sakrash yo‘nalishida bronza medalini qo‘lga kiritdi. 1992 yilgi Olimpiada chempionining chiqishi 13,249 ball bilan baholandi.
Musobaqa haqida
Ushbu musobaqa “Los-Anjeles-2028” Olimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolarini taqdim etishi bilan yilning ilk nufuzli musobaqasi hisoblanadi. Turnirda oltin medal 13,299 ball bilan sloveniyalik gimnast Teya Belakka nasib etdi. Uning vatandoshi Tyasa Kisselef esa 13,266 ball natija bilan kumush medalga ega chiqdi. Ma’lumot uchun, Jahon kubogining ikkinchi bosqich musobaqalari joriy yilning 6-9-mart kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tadi.



