$
 11996.14
-25.47
 14051.08
-41.85
 148.54
-1.9
weather
+26
Кечаси   +14°

Oila, ish va kundalik odatlar: 2026-yilda qanday o‘zgarishlar kutilyapti?

2026

Har bir yangi yil nafaqat yangi rejalarga, balki yangi qarashlarga ham sabab bo‘ladi. Dunyo tez o‘zgarayotgan bir paytda odamlarning nimani qadrlashi, qanday yashashi va ishga qanday munosabatda bo‘lishi ham asta-sekin yangilanib bormoqda. Ayniqsa, texnologiyalar rivoji va global jarayonlar fonida kelajakda jamiyat hayoti qanday yo‘nalishda shakllanishi ko‘pchilikni qiziqtiradi.

 “Safar” Telegram kanali esa shu bo‘yicha 2026-yilda jamiyat hayotida kutilayotgan o‘zgarishlar haqidagi prognozlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, yaqin yillarda odamlarning qadriyatlari, oilaga bo‘lgan munosabati, ish uslubi va kundalik odatlarida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

Yaqin munosabatlar va “real hayot”ga qaytish

Tahlillar kelgusi yilda jamiyatda barqarorlik, samimiy aloqalar va real hayotga bo‘lgan ehtiyoj kuchayishini ko‘rsatyapti. Raqamli shovqin ortib borayotgan bir paytda odamlar virtual muhitdan ko‘ra haqiqiy muloqot va sokin hayot tarzini ustun qo‘ya boshlaydi.

Ipsos xalqaro tadqiqot kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, odamlarning 82 foizi oila a’zolari va do‘stlariga ko‘proq vaqt ajratishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, taxminan 75 foiz respondent sog‘liq va jismoniy faollikka ko‘proq e’tibor qaratmoqchi. Har uch kishidan biri esa ijtimoiy tarmoqlarga sarflanadigan vaqtni qisqartirishga qaror qilgan.

Oila instituti davlat siyosati darajasida mustahkamlanadi

Mutaxassislar ta’kidlashicha, axborot haddan tashqari ko‘payib, noaniqlik kuchaygan bir paytda odamlar an’analar, madaniy ildizlar va tarixiy merosga oid mavzularga tobora ko‘proq qiziqish bildirmoqda. Bu esa jamiyatda ma’naviy tayanch va ishonchli qadriyatlarga bo‘lgan ehtiyoj kuchayib borayotganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, 2026-yilda oila masalasi faqat shaxsiy hayot doirasida emas, balki davlat siyosatining ham muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Bunga misol sifatida Birlashgan Arab Amirliklarida 2026-yil “Oila yili” deb e’lon qilinganini keltirish mumkin.

Avtomatlashtirish va sun’iy intellekt ta’siri

Kelgusi yilda mehnat bozori sun’iy intellekt va avtomatlashtirish ta’siri ostida o‘zgarishda davom etadi. Natijada ayrim yo‘nalishlarda ish haqi o‘sishi va yangi ish o‘rinlarining ko‘payishi sekinlashishi mumkin.

Shu bilan birga, sun’iy intellekt, avtomatlashtirish, kiberxavfsizlik hamda ma’lumotlar tahlili kabi sohalarda malakali mutaxassislarga ehtiyoj yanada ortadi. Takroriy va oddiy vazifalar esa tobora texnologiyalar zimmasiga o‘tkaziladi.

Karyera va hayot muvozanati yangi talablarga moslashadi

Tahlilchilarning fikricha, 2026-yilda muvaffaqiyatli karyera qurish uchun doimiy o‘rganish, yangiliklarga moslashish va kasbiy rivojlanishni sog‘liq hamda oila masalalariga e’tibor bilan birga olib borish muhim bo‘ladi. Bu jarayonda “ish va hayot muvozanati” tushunchasi yanada muhim ahamiyat kasb etadi.

Теги :
Jamiyat