$
 12916.18
-13.74
 13523.24
26.99
 147.60
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
Agro

O‘zbekiston 2031-yilgi Osiyo Kubogiga mezbonlik qilishi mumkin

AFC

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan birgalikda 2031-yilgi Osiyo kubogini o‘tkazish uchun OFKga ariza topshirganini ma’lum qildi.

Qo‘shma harakat

Assotsiatsiya rasmiy sahifasida qayd etilishicha, Osiyo futbol konfederatsiyasi 2031-yilda Osiyo qit’asining eng nufuzli futbol turniri bo‘lgan Osiyo kubogi mezbonligiga nomzodlarni ko‘rib chiqishni boshlagan. O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston futbol uyushmalari birgalikda Osiyo kubogi mezbonligini yuqori saviyada o‘tkazishga ishonch bildirgan holda, o‘z qo‘shma nomzodini ilgari surgan.

Buni amalga oshirish uchun imkoniyatlar yetarlimi?

“Bugungi kunda qo‘shni mamlakatlar bilan birga O‘zbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor. Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi kabi shaharlarda stadionlar xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga keltirildi. Qo‘shimcha ravishda, oxirgi yillarda Osiyoning U-20, U-23 turnirlari, futzal bo‘yicha Jahon chempionati mezbonligi ulkan tajriba vazifasini o‘tadi. Markaziy Osiyo har doimgidek o‘zining mehmondo‘stligi, professional yondashuvi, futbolga fidoyiligi va albatta futbolsevar muxlislar mehri bilan butun Osiyo e’tiborini qozonishga tayyor”, deyiladi xabarda.

Osiyo Kubogi haqida

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 24-fevral holatiga 2031-yilgi Osiyo kubogini o‘tkazish uchun BAA, Indoneziya va Kuvayt ham alohida ariza topshirgan. 2031 yilgi Osiyo Kubogi 20-marta o‘tkaziladi va unda 24 ta terma jamoa ishtirok etadi. OFK tomonidan 1956-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan turnir to‘rt yilda bir marta tashkil qilinadi. 2023-yilda musobaqa Qatarda o‘tkazilgan bo‘lsa, 2027-yilda turnirga Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi. Bunga qadar O‘zbekiston OFK bosh turniriga hali hech qachon mezbonlik qilmagan.

Теги :
Jamiyat