$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

10 yildan keyin ofisda ishlash tarixga aylanadi — LinkedIn asoschisidan kelajak prognozlari

Ofis

Linkedln asoschisi Rid Xoffman 2034-yilga kelib ofisda ishlash o‘z ahamiyatini yo‘qotishini aytdi. Xoffman 1997-yildayoq ijtimoiy tarmoqlar ommalashishini bashorat qilgan. Keyinchalik LinkedIn tarmog‘ini $26 milliard dollarga sotgan va SI rivoji haqida ChatGPT paydo bo‘lishidan ancha oldin aytgan. 

Xoffman prognozlariga ko‘ra bizni nimalar kutmoqda?

Frilans va masofadan ishlash 10-yildan so‘ng oddiy holga aylanadi. AQSH ishchilarining 50% dan ortig‘i ofisda emas, masofadan turib pul topadi. Rezyumelar ahamiyatini yo‘qotadi — HR diplom va lavozimlarga emas, real tajriba va onlayn-portfolioga ko‘proq e’tibor qaratadi. SI ish unumdorligini oshiradi — neyrotarmoqlar nafaqat kundalik vazifalarni avtomatlashtirish, balki diqqatni strategiya va mijozlar bilan ishlashga qaratishga ham yordam beradi. 

Shuningdek, 2034-yilga borib ko‘pchilik turli rollarni birgalikda olib boradi: frilans, kompaniyada ishlash, investitsiyalar va hatto o‘z biznesini boshqarish kabi.

Uning fikricha, kelajakda bizni mutlaqo sun’iy intellektga asoslangan hayot kutib turmoqda. Shu sababli, hozirdan texnologiyalarga oid bilimlarni yuqori darajada o‘zlashtirib borishimiz darkor.

Теги :
Jamiyat