$
 12019.27
32.97
 13984.42
46.75
 165.65
2.04
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi avtomobilning bosib o‘tgan masofasini o‘zgartirganlar jarimaga tortiladi

odometr

Oliy Majlis Senatining 18-may kuni o‘tkazilgan navbatdagi majlisida bir qator qonunlar, jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan o‘zgartirishlar ma’qullandi.

Yangi tartibga ko‘ra, avtomobil odometrini almashtirib yoki ko‘rsatkichini o‘zgartirib (bosib o‘tilgan yo‘l ko‘rsatkichini kamaytirib), bu haqda xaridorni ogohlantirmaganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi kiritilgan 178-2-moddasiga ko‘ra, ushbu qilmish BHM 10 baravaridan 15 baravarigacha (4,12 million so‘mdan 6,18 million so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda. Mazkur norma ikkilamchi avtomobil bozoridagi firibgarliklarning oldini olishga qaratilgan.

«Ushbu norma avtomobil bozoridagi firibgarlik holatlariga chek qo‘yish, avtomobil savdosidagi suiiste’molni bartaraf etish hamda iste’molchilarning ishonchli ma’lumot olish huquqini kafolatlashga xizmat qiladi», dedi Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Abdulhakim Eshmurodov.
Теги :
Jamiyat