$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston xalqaro bozorga $1,5 milliardlik obligatsiyalarni joyladi

Dollar

Oʻzbekiston jahon moliya bozorlarida qiymati $1,5 milliardga teng boʻlgan yangi suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirdi. London shahrida 18–20-fevral kunlari AQSh dollari, yevro va soʻmda chiqarilgan obligatsiyalar uchun buyurtmalar qabul qilindi, deya xabar bermoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Ular quyidagicha taqsimlandi:

AQSh dollari (7 yilga) – $500 mln., yillik 6,95 foiz stavkada;

Yevro (4 yilga) – €500 mln. ($525 mln.), yillik 5,1 foiz stavkada;

Soʻm (3 yilga) – 6 trln. soʻm ($463 mln.), yillik 15,5 foiz stavkada.

Umumiy buyurtmalar hajmi $4,2 milliardni tashkil etdi

O‘zbekistonning xalqaro obligatsiyalarini sotib olish uchun jami 4,2 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi buyurtmalar kelib tushdi, jumladan:

AQSH dollaridagi (7-yillik) obligatsiyalarga – 2 mlrd. dollar;

yevrodagi (4-yillik) obligatsiyalarga – 1,6 mlrd. yevro;

so‘mdagi (3-yillik) obligatsiyalarga – 7,3 trln. so‘m.

Ma’lumot uchun, joriy yilning yanvar-fevral oylarida ichki moliya bozorida 3-yil muddat uchun davlat g‘aznachilik obligatsiyalari bo‘yicha foiz stavkasi 15,6-16,1 foizni tashkil etgan.

Obligatsiya tushumi qanday sarflanadi?

Xalqaro obligatsiyalarni joylashtirishdan kelib tushgan mablag‘ 2025-yil uchun tasdiqlangan Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish hamda ipoteka dasturini moliyalashtirish uchun tijorat banklariga resurs ajratish uchun yo‘naltiriladi.

Jumladan, Yevrodagi suveren xalqaro obligatsiyalar O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish uchun ishlab chiqilgan obligatsiyalar dasturi doirasida “Yashil” maqomi bilan chiqarilgan bo‘lib, “Yashil” obligatsiyalardan kelib tushadigan mablag‘lar suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, sanitar tozalash ishlarini tashkil etish hamda shu kabi boshqa loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

“Yashil” obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablag‘larning sarflanishi yuzasidan hisobot xalqaro standartlarga muvofiq shakllantiriladi va e’lon qilib boriladi.

2021-2024-yillar davomida umumiy qiymati $1,2 mlrd. obligatsiyalar chiqarilgan

2021-2024-yillar davomida umumiy qiymati 1,2 mlrd. AQSH dollariga teng miqdordagi O‘zbekistonning suveren xalqaro obligatsiyalari “Barqaror rivojlanish maqsadlari” va “Yashil”maqomi bilan chiqarilgan bo‘lib, mazkur obligatsiyalardan tushgan mablag‘larning sarflanishi yuzasidan hisobotlar xalqaro standartlarga muvofiq e’lon qilib borilmoqda.

Bunda loyihalarni tanlab olish jarayoniga Birlashgan millatlar tashkilotining rivojlanish dasturi (UNDP) jalb qilingan hamda dastur bo‘yicha “Sustainalytics” tomonidan mustaqil xulosa taqdim etilgan.

AQSH dollari va so‘mda chiqarilgan suveren xalqaro obligatsiyalarni joylashtirishdan kelib tushgan mablag‘lar

Shuningdek, AQSH dollari va so‘mda chiqarilgan suveren xalqaro obligatsiyalarni joylashtirishdan kelib tushgan mablag‘lar respublika aholisini uy-joy bilan ta’minlash dasturini moliyalashtirish hamda umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini qurish, ularni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun yo‘naltiriladi.

Теги :
Jamiyat