$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Aprel oyi oʻzbekistonliklarga qanday ob-havo tuhfa qiladi?

ob havo daraxt gullagan

“O‘zgidromet”ga ko‘ra, meteorologik kuzatuvlarning butun tarixi davomida xilma xil aprel oylari qayd etilgan. 2024-yil aprel oyi quruq va o‘rtacha iliq ob-havo bilan boshlanishi kutilmoqda. https://hydromet.uz/uz/node/4617 (https://hydromet.uz/uz/node/4617)

5 kunlik prognoz

“O‘zgidromet”ning ma’lum qilishicha, birinchi besh kunlikda havo 15-20 daraja iliqqacha isiydi, kechalari harorat 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Ushbu davrda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli ko‘proq. Tekislik hududlarda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 2—3-aprel kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

10 kunlik prognoz

Aprel oyi birinchi o‘n kunligining ikkinchi yarmida harorat asosan kechalari 8-13 daraja iliq, kunduz kunlari 18-23 daraja iliq bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda harorat kechalari 2-7 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqdan 25-30 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘ladi.