$
 12640.21
-49.76
 13559.15
1.19
 137.02
-0.18
weather
+26
Кечаси   +14°

“Yengil” Toshkent: Noqulay ob-havo poytaxga jiddiy zarar yetkazmoqda

Yomg

Uzgidromet tomonidan bugungi ob-havo Toshkent hududida yomg’irli deya tahmin qilingan edi. Vaholanki, bugun Toshkentda kuchli shamol, jala, sel kuzatilmoqda. Buning oqibatida ko‘plab elektrostansiyalarda nosozlik yuzaga kelib, aholining ma’lum qismi elektr energiyasi va gazdan uzildi. Shu bilan birga, kuchli shamol daraxtlarni ag‘darmoqda. Buning natijasida avtomobilar binolarning kirish qismlariga jiddiy shikast yetyapti.

Elektr ta’minotisiz qolgan 12 550 ta iste’molchi

Energetika vazirligi Toshkent shahrida 28-mart kuni soat 09:33 da kuchli shamol oqibatida 110 kVli “L-K-D” elektr uzatish tarmog‘i 60 MVt quvvat bilan avariyaviy o‘chganini ma’lum qildi.

Buning oqibatida Toshkent viloyatining Piskent, Quyi Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlarida yashovchi 12 ming 550 ta iste’molchi, shuningdek, kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr ta’minotidan uzildi. Vazirlik hozirda iste’molchilarni boshqa manbalardan ta’minlash choralari ko‘rilayotganini qayd etdi.

Tabiiy gaz muammosi

Shuningdek, soat 10:20 da Toshkent shahri Chilonzor tumani 19-kvartal Xirmontepa mahallasida katta daraxt shamol oqibatida ildizidan qo‘porilib tushgani bois diametri 50 mm bo‘lgan past bosimli gaz quvuri uzilgan. Hududdagi 16 ta ko‘p qavatli uyning 768 ta xonadoni vaqtincha tabiiy gazsiz qolgan.

Qulagan daraxtlar

Poytaxtning Chilonzor tumanida kuchli shamol esishi ortidan daraxt sinishi bilan bog‘liq holat yuz berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bir nechta do‘konlarning kirish qismiga zarar yetgan.

Bundan tashqari kuchli shamol tufayli Yunusobod tumanidagi Niyozbek yo‘li ko‘chasida ham daraxt Kobalt ustiga qulab tushgan. Shuningdek, avtoturargohda bo‘lgan boshqa mashinalarga ham shikast yetgani aytilmoqda.

Hokimlik ogohlantiruv bilan chiqdi

Toshkent shahar hokimligi ham poytaxt aholisiga ogohlantirish bilan chiqdi. 

“Toshkentda kuchli shamol va yomg‘ir yog‘ishi kuzatilmoqda. Sizdan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishingizni, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalaringizni qo‘ymasligingizni so‘raymiz”, – deyiladi xabarda.

Ehtiyot choralari

Yuqorida ta’kidlangan muammolar yuzaga kelganidan so‘ng FVV xavfsizlik choralarini ko‘rish uchun yo‘riqnoma taqdim etdi.

Unga ko‘ra, Kuchli shamol vaqtida:

– yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;

– elektr va gaz vositalarini o‘chirish;

– ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;

– ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;

– shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;

– ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;

– buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;

– kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.

Shu o‘rinda, avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslik tavsiya etiladi.

Ma’lumot uchun, bugun hududlarda kuchli shamollar, momaqaldiroq, kuchli jala va chang massalarini havoga ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda. Havo harorati +12 +17 daraja iliq bo‘ladi.

Теги :
Жамият