$
 11823.69
45.17
 13797.06
63.31
 139.74
0.78
weather
+26
Кечаси   +14°

Sentyabrda o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Sentyabr

Joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekiston hududida nisbatan quruq va biroz iliq ob-havo sharoiti hukm surishi kutilmoqda. Mintaqadagi o‘rtacha havo harorati ko‘p yillik iqlimiy me’yor ko‘rsatkichlariga yaqin darajada shakllanadi. Sinoptiklarning ta’kidlashicha, ushbu oy davomida harorat va yog‘ingarchilik rejimida o‘ziga xos o‘zgarishlar kuzatiladi.

Oylik harorat dinamikasi

Sentyabr oyining birinchi o‘n kunligi asosan kam bulutli va quruq Ob-havo manzarasi bilan ajralib turadi. Ushbu davrda kechasi va erta tongda havo harorati 15-20 daraja iliq o‘rtasida tebranib, yoqimli salqinlik ulashadi. Kunduz kunlari esa quyosh omili ta’sirida termometr ko‘rsatkichi 30-35 darajagacha, ayrim kunlarda esa 37 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Respublikaning janubiy viloyatlarida eng issiq kunlarda harorat 38-40 darajagacha etishi ehtimoli bor.

Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida ob-havo foni nisbatan barqarorlashadi. Ushbu haftalarda kechki va tungi harorat ko‘rsatkichlari 10-15 daraja iliqni, kunduzgi harorat esa 25-30 darajani tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Shuningdek, ushbu davrda ayrim qisqa muddatli oraliklarda haroratning ko‘tarilishi yoki pasayishi kabi o‘zgaruvchanliklar ham istisno etilmaydi.

Yog‘ingarchilik

Oylik yog‘ingarchilik miqdori bo‘yicha respublika hududlarida bir xil bo‘lmagan manzara kuzatiladi. Mamlakatimizning katta qismida yog‘ingarchilik miqdori ko‘p yillik me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda. Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida ko‘rsatkichlar me’yor atrofida bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida esa yog‘ingarchilik hajmiga ko‘ra me’yor atrofida yoki undan yuqori bo‘lishi tahmin qilinmoqda.

Umuman olganda, oy davomida 1-3 kun davomida biroz jadallikdagi yomg‘irlar yog‘ishi mumkin. Biroq O‘zbekistonning janubiy hududlarida sentyabr oyi davomida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli o‘ta past ko‘rsatkichni tashkil etadi.

Теги :
Jamiyat