$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonning “Numbeo” reytingidagi oʻrni eʼlon qilindi

Numbeo maoshi boʻyicha mamlakatlar reytingini eʼlon qildi. Unga koʻra, eng koʻp ish haqi Shveytsariyada boʻlsa, eng kam ish haqi Kubada qayd etilgan.

Qozogʻiston va Oʻzbekistonning “Numbeo”dagi oʻrni

Oʻzbekiston ushbu reytingda 97 ta davlat orasida 76-oʻrinni egalladi. Mamlakatda o‘rtacha oylik ish haqi 437,98 dollarni (5,5 million so‘m) tashkil etdi. Reytingda mamlakatimiz Ozarbayjon (438,43 dollar = 5,5 million so‘m) va Braziliya (425,31 dollar = 5,4 million so‘m) o‘rtasida joylashgan. Shuningdek, 581,57 dollar bilan Qozogʻiston ushbu reytingda 67-oʻrinni egallagan.

Eng koʻp maosh oladigan davlatlar

Quyida fuqarolari eng koʻp maosh oladigan davlatlar roʻyxati keltirilgan:

Shveysariya – 7 199,03 dollar (91,6 mln. so‘m);

Lyuksemburg – 6 016,02 dollar (76,5 mln. so‘m);

AQSH – 4 528,35 dollar (57,6 mln. so‘m);

Singapur – 4 481,67 dollar (57 mln so‘m);

Qatar – 4 215,22 dollar (53,6 mln. so‘m).

Eng kam maosh Kubada qayd etilgan (37,60 dollar = 478 ming so‘m).