$
 12136.92
14.85
 14191.70
4.03
 159.99
3.6
weather
+26
Кечаси   +14°

Havoga uchgan 20 ming dollar, uch oy qamoq: AQShga noqonuniy borgan o‘zbekistonliklarni nimalar kutyapti?

AQSh deportatsiya

AQShga noqonuniy borgan 44 nafar fuqaro 21-yanvar kuni O‘zbekistonga qaytarilgandi. Ular Meksika orqali o‘tgan haqiqiy yo‘llari qanday bo‘lgani, safar qancha vaqt olgani, emigratsiyaga urinish qanchaga tushgani va manzilda qanday qiyinchiliklarga duch kelganliklari haqida so‘zlab berdi.

Ishonish kerak emas

Ma’lum qilinishicha, charter reys orqali qaytarilgan fuqarolarning koʻpchiligi AQSh davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtishga urinishdan soʻng uzoq vaqt davomida migratsiya markazlarida saqlangan.

Vatanga qaytgan fuqarolardan birining aytishicha, koʻpchilik ketayotgani uchun qiziqib ular bilan yoʻlga chiqqan. Bir oy yoʻl yurib, Meksikagacha borishgan. Bu vaqt davomida ular ko‘p qiyinchiliklarga duch kelgan, o‘rmonlardan piyoda yurgan.

“Kimningdir oshna-ogʻaynisi boʻlishi mumkin, oʻrtoq, shuncha pul topyapman, deyishi mumkin. Ularga ishonish kerak emas. Meksika orqali borgandan keyin ham u yerda ishlash, hujjatni hal qilish juda qiyin. Bu yoʻl bilan borish arzimaydi”, deydi vatanga qaytgan yigit.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShga borishning o‘zi 23 ming, 25 ming, 30 ming dollargacha boradi. Ayrimlar buning uchun 80 ming dollar ham to‘lagan, biroq mamlakatga kira olmay, O‘zbekistonga qaytib kelgan.

U vatanga qaytganidan xursandligini, chunki AQShga noqonuniy kirish ortidan qamalib, bir necha yillab oʻtirganlar ham borligini bildirdi.

Uch oy qamoq

“20 ming dollar pulimni havoga sovurib, uch oy qamalib, deport olib, mana qaytib kelyapman”, degan yana bir fuqaro. U juda qiynalganini, AQShga noqonuniy yo‘l bilan borishni hech kimga maslahat bermasligini aytdi.

“Beradigan ovqatlarini qoʻpol qilib aytganda mol yemaydi-da, shuni bizlar yedik”, deya xotirlagan u qamoqda bo‘lgan paytlarini.

Qariyb 700 nafar fuqaro repatriatsiya qilingan

​Agentlik xabarida ma’lum qilinishicha, 21-yanvarda amalga oshirilgan charter reys Oʻzbekiston va AQShning tegishli idoralari oʻrtasida olib borilgan koʻp oylik muvofiqlashtirish ishlar natijasidir. Mazkur reys ketma-ket 11-boʻlib, uning doirasida repatriatsiya qilingan fuqarolarning umumiy soni qariyb 700 nafarga yetdi.

Теги :
Jamiyat