$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

NKMK oltin qazib olishni kuchaytirish maqsadida yangi BIOX qurilmani ishga tushirdi

Oltin

Navoiy kon-metallurgiya kombinati HMP-3 boyitish fabrikasida ikkita yangi BIOX qurilmasini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya o‘z LinkedIn sahifasida ma’lum qildi.

Ushbu qurilmalar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va oltin qazib olishni oshirishga qaratilgan.

Bioreaktorlar soni 60 taga yetdi

Shuningdek, 12 ta yangi bioreaktor qo‘shilib, zavoddagi umumiy bioreaktorlar soni 60 taga yetdi. Oltin dore ishlab chiqarish quvvati 12 foizga, sulfidli konsentrat ishlab chiqarish hajmi esa 25 foizga oshdi. 25 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Loyiha haqida

Ma’lumot uchun, HMP-3 kengaytirish loyihasi “Kokpatas va Daugiztau oltin konlarida rudani qazib olish (III bosqich)” dasturining bir qismidir. 2024-yilda quvvat yillik 9 mln. tonnaga yetkazildi.

OKMK mahsulot ishlab chiqarishni 20,5 foizga oshirdi

Shuningdek, 2024-yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) tomonidan 38 trln. soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.

Ma’lum qilinishicha, bu koʻrsatkich 2023-yildagiga nisbatan 20,5 foizga koʻpdir. Kombinat ishlab chiqarish prognozini 16 foizga oshirib, yil davomida OKMK rudani qazib olishni 4,6 foizga, oʻz xomashyosidan katodli mis ishlab chiqarishni 4,1 foizga oshirdi.

Shuningdek, OKMK oltin tarkibli rudani qazib olish va qayta ishlash, kimyoviy moddalar, selen va tellur ishlab chiqarish boʻyicha ham moʻljallangan koʻrsatkichlarga erishdi. Yil yakunlariga koʻra kombinat 7,5 milliard soʻmlik xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqardi.

Теги :
Jamiyat