$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Yaqin kelajakda insoniyat smartfonlardan butkul voz kechishi mumkin

SI qurilmalar

So‘nggi 15 yil ichida smartfonlar bizning hayotimizni tubdan o‘zgartirdi. Ular bizning ishimiz, muloqotimiz, bilim olishimiz va hatto dam olish tarzimizni shakllantirdi. Ammo har qanday texnologiya singari, smartfonlar ham abadiy hukmron bo‘lib qolmaydi. OpenAI, Apple, Samsung va boshqa texnologik gigantlar kelajakda smartfonlardan keyingi texnologik bosqichga o‘tish haqida jiddiy bosh qotirmoqda.

OpenAI nimalarni va’da qilmoqda?

Yaqinda OpenAI sun’iy intellektga asoslangan yangi qurilma ishlab chiqayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Mish-mishlar tasdiqlansa, bu qurilma smartfonlarga muqobil bo‘lishi mumkin. Hozirda kompaniya GenAI-qurilma – sun’iy intellekt bilan ishlaydigan aqlli mobil qurilma ustida ishlanmoqda. So‘nggi vaqtlarda Sam Altman va uning jamoasi bu yo‘nalishda jiddiy qadamlar tashlamoqda:

•    OpenAI aqlli gadjetlar, jumladan soatlar, brasletlar, kameralar va hatto gumanoyid robotlar uchun patent arizalarini topshirdi.

•    Altman OpenAI’ning yangi smartfon va chiplarini e’lon qilib, Samsung bilan hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

•    Apple’ning mashhur dizayneri OpenAI SI-qurilmalarida ishtirok etishi mumkin.

Hozirgacha SI qurilmalar bo‘yicha bir nechta urinishlar bo‘lgan – Rabbit, Humane Pin muvaffaqiyatsizlikka uchradi, Meta Ray-Ban esa qisman ommalashdi. Ammo tarixga nazar tashlasak, iPhone ham birinchi smartfon emas edi, biroq aynan u butun sanoatni o‘zgartirdi. Endi OpenAI ham shunga harakat qilmoqda.

Yaqin kelajakda ekran va tugmachalarga ehtiyoj sezmaydigan, inson hissiyotlarini tushuna oladigan va har qanday so‘rovga intuitiv javob qaytara oladigan qurilmalarni ko‘rishimiz ehtimoli ortib bormoqda.

Smartfonlar texnologik chegaraga yetdi

Bugungi sun’iy intellekt shunchaki yordamchi emas, u mustaqil qaror qabul qiluvchi tizimga aylanmoqda. SI siz uchun matn yozadi, suhbatlashadi, hattoki ishni rejalashtirib, muhim xabarnomalarni saralay oladi. Shunday ekan, ekranga bog‘liq bo‘lmagan interfeyslar, masalan, aqlli ko‘zoynaklar yoki ovozli assistentlar orqali boshqariladigan tizimlar ommalashishi mumkin.

To‘g‘ri, smartfonlarsiz hayot tasavvur qilish qiyin, lekin texnologiyalar rivojlangan sari ular ham o‘z ahamiyatini yo‘qotib boradi. Masalan, aqlli ko‘zoynaklar/soatlar, interaktiv linzalar va neyrotexnologiyalar orqali ma’lumotni ko‘rish va qabul qilish mumkin bo‘lib bormoqda.

SI yordamida siz harakat qilmasdan ham barcha texnologik ehtiyojlaringizni qondira olasiz. Shaxsiy yordamchingiz bo‘lgan SI hamkor sizga kerakli barcha ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qulog‘ingizga yetkazadi yoki ko‘zoynak orqali ekranga chiqaradi.

Smartfonlar bizga sovuq, mexanik aloqa taqdim etadi, ammo kelajak SI qurilmalari inson hissiyotlarini anglab, yanada tabiiy va jonli muloqot imkoniyatini yaratishi mumkin. Dunyoda texnologiyalar bilan yangi darajadagi interaktivlik ornatiladigan davrlar boshlanmoqda.

Smartfonlar shunchaki yo‘q bo‘lib ketaveradimi?

Hozircha bu texnologiyalar smartfonlarning o‘rnini bosish uchun hali yetarli emas. Lekin agar OpenAI yoki boshqa texnologik gigantlar sun’iy intellekt asosidagi yangi qurilmalarni ommaviy bozorda muvaffaqiyatli joriy etsa, insoniyat asta-sekin smartfonlardan uzoqlashishi mumkin.

Agar kelajakda texnologiyalar bizning fikrlarimizni o‘qib, buyruqlarimizni bajaradigan darajaga yetsa, hozirgi ekran va sensor tugmalar kerak bo‘lmaydi.

Теги :
Jamiyat