$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 26-fevral voqealari

negative-24-2-26

G’ijduvonda fuqaro o’z qo’shnisini otib qo’ydi

Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida yashovchi 52 yoshli fuqaro asfalt yotqizilgan yo‘lni to‘sib qo‘ygani uchun qo‘shnisini gaz to‘pponchasi bilan otib qo‘ydi.

Holat Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumani sudida ko‘rib chiqilgan. Aybdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismining “v” bandi qo‘llanilgan. Ushbu modda bilan aybdor 2 yilu 6 oy ozodlikni cheklash jazosini olgan.

Avbtobusda yong’in

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi yo‘lovchi avtobuslaridan birida yong‘in chiqqani aks etgan videotasvir tarqaldi. “Toshshahartransxizmat” korxonasiga qarashli 7-avtobus saroyi filiali rahbari holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 26-fevral kuni soat 08:20 larda 33-yo‘nalishda harakatlanadigan 2013-yilda ishlab chiqarilgan “Mercedes Benz” avtobusida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan. Yong‘in sodir bo‘lganida avtobus saroydan AShB tomon harakatlanayotgan bo‘lgan va ichida yo‘lovchilari bo‘lmagan. Hozirda avtobus korxonaga olib kelingan va tutashuv sabablari o‘rganilmoqda.

Toshkentda “Orlando” yonib ketdi

Bugun, 26 fevral kuni taxminan soat 08:15 larda Uchtepa tumani KXAY ko‘chasi 16-uy qarshisida “Orlando” rusumli avtomashina yonib ketdi. Ma’lum qilinishicha, 2004 yilda tug‘ilgan M.O. boshqaruvidagi avtomashinaning harakatlanib ketayotgan vaqtda motor qismida, elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in favquloda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Kambag’allikni qisqartirishga mas’ullar 1 mlrd.ga yaqin pulni “tuya” qildi

Toshkent viloyati Bekobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i N.J. va bosh hisobchisi E.O‘.lar tikuvchilikka ixtisoslashgan 3 ta MChJ rahbarlari bilan o‘zaro til biriktirib, 2023-yilning oktyabr-dekabr oylarida Bekobod tumanida yashovchi 116 nafar fuqaroga go‘yoki kasanachilik faoliyatida zarur bo‘ladigan asbob-uskunalar yetkazib berilganligi to‘g‘risida rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish yo‘li bilan 950 mln 570 ming so‘m pul mablag‘ini talon-toroj qilishgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.