$
 12890.07
12.7
 13400.52
-101.4
 146.46
-1.71
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 2-mart voqealari

Qora 2-mart

 Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida bir bola nobud bo‘ldi

Bugun, 1-mart kuni soat 15:23 da Qorasuv-4 dahasida joylashgan 9 qavatli uyning 9-qavatidagi xonadonlardan birida gaz-havo aralashmasi portlab, yong‘in sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabariga ko‘ra, yong‘in soat 16:07 da to‘liq o‘chirilgan. Tezkor tadbirlar davomida olti kishi qutqarib olingan. Hodisa oqibatida bir necha kishi, jumladan, ikki bola jarohatlangan. Bir bola kasalxonaga olib ketilayotganida vafot etgan, ikkinchisi shifokorlar nazoratida. Barcha jabrlanganlar tez yordam brigadasiga topshirilgan.

Hozirda voqea joyida turarjoy binosi faoliyatini tiklash ishlari olib borilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga kvartirada yashovchilardan birining o‘z joniga qasd qilishga urinishi sabab bo‘lgan. Fuqaro gaz plitasini ataylab yoqib yuborgan, natijada gaz va havo aralashmasining chaqnashi va yong‘in kelib chiqqan. Keyin u 9-qavatning derazasidan sakrab, halok bo‘lgan.

Qozog‘istonda 7 nafar o‘zbekistonlik is gazidan vafot etdi

Qozog‘istonning Mang‘istov viloyati Mo‘ynoli tumanidagi xususiy turar joy binosida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi is gazidan vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligiga tayanib, Nur.kz xabar berdi.

Hodisa 2-mart kuni Basquduq qishlog‘idagi xususiy uyda sodir bo‘lgan. Yordamga yetib kelgan qutqaruvchilar va tez tibbiy yordam brigadalari voqea joyida yetti kishini aniqlagan. Ulardan besh nafari voyaga yetmaganlar bo‘lgan, barchasi vafot etgan.

Mang‘istov viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining dastlabki versiyasiga ko‘ra, hodisa gaz uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida yuz bergan. Qurbonlarning bari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, Qozog‘istonda vaqtincha istiqomat qilgan, deyiladi hokimlik xabarida.

Toshkent viloyatida SSB xodimi 40 ming dollar bilan ushlandi

Toshkent viloyati SSB xodimi boshqarmaga qarashli tibbiyot buyumlarini 57 ming dollarga sotishga kelishib, pullarning 40 ming dollarini olayotgan vaqtida qoʻlga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasining masʼul xodimi Maxsus tibbiy taʼminot bazasida saqlanayotgan tibbiyot buyumlarini sotmoqchi boʻlgan. U xaridorga hujjatlarni qalbakilashtirish orqali 57 ming 880 dollarga sotishga kelishgan.

Biroq oldindan 40 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (Juda koʻp miqdorda oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasining 1-qismi (Mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan.

Ufadan Samarqandga kelayotgan avtobus YTHga uchradi

Qozogʻistonning Aqtoʻbe viloyatida ichida 33 nafar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan avtobus yoʻl-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Qozogʻiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 1-mart kunidan 2-martga oʻtar kechasi Samara—Chimkent trassasida sodir boʻlgan. Ichida 33 nafar oʻzbekistonlik boʻlgan avtobusga yuk mashinasi kelib urilgan. Aniqlik kiritilishicha, avtobus Ufa shahridan Samarqandga kelayotgan boʻlgan.

Qozogʻiston FVVga koʻra, YTH oqibatida hech kim jabrlanmagan. Avtobusdagi Oʻzbekiston fuqarolari zaxiradagi avtobusga evakuatsiya qilingan.

Теги :
Jamiyat