$
 12931.94
-8.17
 14107.45
51.9
 150.18
4.56
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 9-fevral voqealari

Qora 9-fevral

Toshkentdagi mahallalardan birida xorijga ishlash uchun ketganlarning shaxsiy ma’lumotlari oshkor qilingan

Toshkent shahridagi “Beshyog‘och” mahallasida xorijga ishlash maqsadida ketgan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari bilan birga ro‘yxati e’lon qilingan. Bu haqda telegramdagi KurbanoffNet kanali xabar bermoqda.

Maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat omma e’tiboriga havola etilib, jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘ldi. Xabar muallifi bu “faxriy taxta”mi yoki “uyat taxtasi” ekanligi aniq emasligini kinoya bilan ta’kidlaydi, lekin mahalla faollarining shaxsiy ma’lumotlariga bunday munosabatda bo‘lgani uchun ularning o‘zini “sharmandalik taxtasi”ga qo‘yish kerak, deb hisoblaydi.

Bu fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlariga nisbatan keng tarqalgan amaliyot emas, alohida holat ekanligiga umid qilish kerak, deyiladi xabarda.

Hozircha bu borada rasmiy izoh berilmagan.

Urganchda fuqaro daraxt kesgani uchun 9 million 375 ming so‘m jarimaga tortildi

Xorazm viloyati prokuraturasi hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Urganch tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida fuqaro M.A tomonidan tumanning “Bog‘dorchi” mahallasi hududida mevali daraxtlarni kesganlik holati aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 9 million 375 ming so‘m jarima belgilandi.

Kelin sepini qaytarish bo‘yicha sud qarori ijro etildi

Olmazor tumanida Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan kelinning sud orqali talab qilingan sepi qaytarib berildi.

Majburiy ijro byurosining Olmazor tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor N.S.dan undiruvchi N.T. foydasiga 50 dan ortiq turdagi mol-mulklarni qaytarish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud edi.

Hali ikki yil ham yashamagan N.T. oilasi bilan ajrashib, o‘ziga tegishli kelinlik sarpolarini qaytarib olish maqsadida bir necha bor sobiq turmush o‘rtog‘iga murojaat qilgan. Biroq sobiq turmush o‘rtog‘i unga tegishli buyumlarni qaytarib berishdan bosh tortgan.

Shundan so‘ng, N.T. o‘z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilgan va sud uning foydasiga qaror chiqargan.

Majburiy ijro byurosining Olmazor tuman bo‘limi davlat ijrochisi U. Mashhurov tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilib, sud qarori asosida kelinlik sarpolari N.T.ga qaytarib berildi. Shu tariqa mazkur ijro hujjati to‘liq bajarildi.

4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

8-fevral kuni soat 15:30 larda Yangihayot tumani, Yangi Sergeli ko‘chasi Index bozor hududida, 2002-yilda tug‘ilgan B.X. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli transport vositasi, 1984-yilda tug‘ilgan S.M. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli transport vositasi, 1998-yilda tug‘ilgan B.Q. boshqaruvidagi “BYD” rusumli transport vositasi, 2001-yilda tug‘ilgan A.E. boshqaruvidagi “Spark” rusumli transport vositasi,

1998-yilda tug‘ilgan I.M. boshqaruvidagi “BYD” rusumli transport vositalari o‘zaro to‘qnashuvi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

“Lacetti” haydovchisi 2002-yilda tug‘ilgan B.X. mast holatda rul boshqaruvini yo‘qotib YTH sodir etgan.

YTH natijasida Spark rusumli avtomashina haydovchisi 2001-yilda tug‘ilgan A.E. va yo‘lovchisi 2000-yilda tug‘ilgan F.U.ga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.  

Теги :
Jamiyat