$
 12904.51
-33.42
 14575.64
-89.5
 161.99
0.89
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

“Qora dayjest”: 2025-yil 8-fevral voqealari

Qora 8-fevral

Toshkent viloyatidagi kanaldan 41 yoshli ayol jasadi topildi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan “Salar” kanalidan 41 yoshli ayolning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qilgan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, D.A. ismli ayol 1-fevral kuni tungi soat 01:30 da uyidan chiqib ketgan va bedarak yo‘qolgan. Oradan besh kun o‘tib, 6-fevral kuni soat 16:00 atrofida uning jasadi kanal suvidan topilgan.

Marhumaning shaxsiga tezkor surishtiruv davomida aniqlik kiritilgan. Hozirda o‘lim sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan, tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil noyabr oyida Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan 4-sonli GES hududidan 24 yoshli yigitning jasadi topilgandi.

Mast haydovchi ikki mashinani pachoqlab, so‘ng temir ustunga urildi

Toshkent shahri Yangihayot tumanida mast haydovchi yo‘l-transport hodisasi sodir qildi. Bu haqda shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Hodisa kecha, 7 fevral kuni soat 23:10 larda Yangihayot tumani “Navqiron” MFY hududidagi 30-uy qarshisida yuz berdi. “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi mast holatda rul boshqaruvini yo‘qotib, to‘xtab turgan 2 ta “Cobalt” avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etib, to‘qnashuvdan so‘ng temir ustunga borib urilgan.

Yuqoridagi holat yuzasidan voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borgan YPX inspektorlari, guvohlar va haydovchi bilan suhbat jarayonida haydovchi o‘z so‘zidan mast holatda ekanligi ma’lum qilgan.

YTH natijasida “Lacetti” haydovchisiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda holat yuzasidan poytaxt IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan dastlabki tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Buxoroda ayol sobiq sevgilisidan 30 ming dollar undirib olmoqchi bo‘ldi

Buxoro shahrida yashovchi ayol sevgilisi bilan bo’lgan intim ma’lumotlarini yaqin qarindoshlariga oshkor etmaslik uchun undan 30 ming dollar talab qilib, shantaj qildi, deb xabar bermoqda viloyat IIB.

24-yanvar kuni Peshkun tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan ayol 10 ming AQSh dollari miqdorida avans olgan paytida IIX tomonidan qo‘lga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol 2019-yildan beri munosabatda bo‘lib kelgan sevgilisi, 1994-yilda Vobkent tumanida yashovchi erkakni shantaj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi ( Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayol 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Taniqli aktyor Husan Musaboyev vafot etdi

8-fevral kuni “Do‘stlik” ordeni sohibi, el suygan aktyor Xusan Musaboyev 71 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi Telegram kanalida e’lon qilindi.

Xusan Musaboyev “Ajoyib hayolparast”, “Bozor ko‘rmagan yigit”, “Anora”, “Hayot mamot”, “Men bu men”, “O‘g‘rigina kelin”, “Er bermoq – jon bermoq”, “Jiblajibon”, “Aldamadim, hazillashdim”, “Ana xolos!”, “Super xizmatkor”, “Yasha, xotin!” kabi ko‘plab filmlardagi o‘ziga xos rollari bilan tomoshabin mehrini qozongan.

Shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist “Televizion miniatyuralar teatri”dagi komedik rollari bilan tomoshabinlar ko‘nglidan joy olgandi.

Теги :
Jamiyat