$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 7-fevral voqealari

Qora 7-fevral

 Toshkentdagi janjal ishtirokchilari IIBga topshirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda oq Gentra haydovchisi odamlar ustiga mashina haydagani videosi tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, soat taxminan 03:20 larda Shayxontohur tumani Taxtapul ko‘chasida bir necha fuqarolar o‘zaro gap talashib tortishib janjalashib ketishi natijasida “Gentra” haydovchisi bir necha fuqarolarning ustiga qarab avtomashina boshqargan.

Janjal ishtirokchilari tuman ichki ishlar bo‘limiga topshirilgan, holat bo‘yicha avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda va holat bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi, deyiladi xabarda.

Toshkentda uy oldida turgan mashina yonib ketdi

Toshkent shahrida uy oldida turgan mashina yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 6-fevral kuni soat 17:52 da Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 11-uy oldida avtomobil yonayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 17:55 da yetib borib, yongʻin soat 18:01 da oʻchirilgan.

Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.

Sirdaryoda prokuror katta yordamchisining mashinasidan kuchli ta’sir qiluvchi dori topildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtomashina salonida 50 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, unga mazkur dori vositalarini sotgan Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida istiqomat qiluvchi, 1997 y.t. fuqaro Toshkent shahrida qo‘lga olindi va undan ham 300 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Ta’kidlash lozimki, ushbu kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari Qirg‘iz Respublikasidan noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jizzaxda tadbirkor rudadan rangli metall ajratish uchun 1,3 mlrd. so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanining Samarqand koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro oʻz xonadonida rudadan rangli metallarni ajratish uchun tabiiy gaz tarmogʻiga hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelgani maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 1 milliard 354 million soʻmlik zarar aniqlandi.

Mazkur noqonuniy holat boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

Теги :
Jamiyat