$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 6-fevral voqealari

Qora 6-fevral

 Toshkentda erkak ayolini 20 marta pichoqladi

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1 fevral kuni Yangihayot tumanida erkak ayolini 20 marta pichoqlab, unga tan jarohati yetkazgan. Bu haqda “Millar” dasturi xabar qildi.

Aniqlanishicha, ayol 1986-yilda, turmush o‘rtog‘i esa 1978-yilda tug‘ilgan. Ularning 2 nafar farzandi bo‘lgan.

Uning ta’kidlashicha, turmush o‘rtog‘ining bu ishni sodir qilganiga narkotika va uy joyni sotishi sodir bo‘lgan.

Hozirda bemor ayol poytaxtdagi shifoxonalardan birida davolanmoqda. Tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlari sabab ayolning hayoti saqlab qolingan.

Bosh prokuratura Andijon viloyatida o‘quvchi qizga nisbatan tazyiqlar bo‘yicha sud qarori ustidan shikoyat qiladi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 13 yoshli qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lishga uringan erkakni 5 sutkaga qamoq jazosiga hukm qilgan sud qarori ustidan protest keltirdi.

Avvalroq Asaka tuman sudi erkak va uning xotinining qilmishlarini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasiga (jinsiy tahqirlash) muvofiq deb topib, ma’muriy jazo qo‘llagan edi. Apellyatsiya sudi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni so‘ragan jabrlanuvchi onasining apellyatsiya arizasini rad etib, qarorni o‘z kuchida qoldirdi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, sud qarorlarining qonuniyligini tekshirish natijasida protest Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha kollegiyasiga yuborilgan.

Endi ish ko‘rib chiqiladi va yakuniy qaror Oliy sudda qoladi.

Zanigotadagi litsenziyasiz “Umra” tashkil qilgan MChJ jarimaga tortildi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan “Imron-Tour Travel” MChJ litsenziyasiz “Umra” safarlarini tashkil etgani uchun jarima qo‘llanildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Amaldagi tartiblarga ko‘ra, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun maxsus litsenziya talab etiladi.

Ushbu talabga rioya qilmagan yuridik shaxslar BHMning 200 baravari (75 mln. so‘m) miqdorida jarimaga tortilishi belgilangan.

Bahodir Jalolovning jangi bekor qilindi

Oʻzbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov bugun, 6-fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida fransiyalik Devid Spilmontga qarshi jang qilishi kerak edi. Ammo shifokorlar unga ringga chiqishga ruxsat bermadi.

Jalolovning aytishicha, oddiy sabab tufayli jang bekor qilingan. “Raqib ham, men ham jang qilishga tayyor edik, lekin komissiya ruxsat bermadi. Menda bu holat yoshlikdan bor. Har safar boshqa davlatga uchsam yoki havo oʻzgarsa, shunday boʻladi”, – dedi bokschi oʻzining Instagram sahifasida.

Ma’lumot uchun, Jalolov hozirgi kunga qadar professional faoliyatida 14 ta jang oʻtkazgan va barchasini nokaut bilan yakunlagan. Oxirgi jangida 2023-yilda, Toshkentda Janubiy afrikalik Kris Tompsonni birinchi raunddayoq magʻlub etgan edi.

Теги :
Jamiyat