$
 12998.91
13.9
 13439.57
154.61
 131.29
1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 5-fevral voqealari

Qora 5-fevral

 Qoraqalpog‘istonda noqonuniy “Qaratau” savdosiga chek qo‘yildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limining xabar berishicha, mas’ullar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, 1983-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi “shartli xaridor”ga 100 dona 0,7 l sig‘imlikdagi jami 70 litr qo‘lbola usulda tayyorlangan, umuman aksiz markalariga ega bo‘lmagan “Qaratau” yozuvli aroq mahsulotlarini 8 500 000 so‘mga sotgan vaqtida to‘xtatib qolingan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, oldindan olingan ma’lumotlar asosida mazkur qalbaki alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarishda gumonlanayotgan shaxs xonadoni tegishli sanksiya asosida ko‘zdan kechirilgan.

Natijada, mazkur xonadonda sifati kafolatlanmagan alkogolli mahsulotlarini qo‘lbola usulda ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Yashirin sex” tashkil etilganligi fosh etildi. Undan, 645 litr etil spirti, 906 dona bo‘sh shishalar, 192 dona “Qarataw” yozuvli qog‘oz qutilar, 305 dona yangi kapsulalar, 30 litr tarkibida qizil miya ildizi bo‘lgan alkogolli mahsulotlar, 1495 dona qopqoq, 5 dona 0,45 litrli aksiz markasiga ega bo‘lmagan “Qarataw” yozuvli alkogolli mahsulotlar, 269 dona qalbaki aksiz markalari hamda qo‘lbola usulda spirtli ichimliklarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan maxsus vositalar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Toshkent viloyatida 0,5 kg gashish olib ketayotgan avtomashina toʻxtatib qolindi

Toshkent viloyatidagi “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postida gashish giyohvandlik vositasi fosh etildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, post orqali fuqaro boshqaruvida harakatlangan avtomashina bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida orqa eshik ichki qoplamasida xufiyona yashirib joylashtirilgan, 1 dona zarli qogʻoz oʻramida 529 gramm gashish giyohvandlik vositasi fosh etilgan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Boshqarma taqdim etgan raqamlarga koʻra, 2024-yilning oʻtgan davr mobaynida 78 ta holatda 75 kgdan ziyod giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyilgan.

Surxondaryoda noqonuniy alkogol mahsulotlari savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Markaziy Surxon” MFY hududidagi savdo do‘konida kirim hujjatlari bo‘lmagan 31 turdagi 105,4 mln. so‘mlik jami 3 214 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentining Oltinsoy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda xususiy korxonasi rahbari savdo do‘konida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 62 turdagi umumiy bahosi 84,5 mln. so‘mlik 1 445 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Toshkent havosi ifloslangan shaharlar orasida yana birinchi o‘rinni egalladi

IQAir maʼlumotlariga koʻra, 5-fevral kuni Oʻzbekiston poytaxti havosidagi PM2.5 mayda zarralari miqdori 88 mkg/m³ ni tashkil etdi va bu JSST tavsiya etilgan qiymatdan 17,6 barobar oshib ketdi.

Platforma maʼlumotlariga koʻra, Toshkent havoning ifloslanishi boʻyicha birinchi oʻrinda turadi. Ikkinchi o‘rinda Olmaota (Qozog‘iston), uchinchi o‘rinda Dakka (Bangladesh) joylashgan.

Biroq Toshkent O‘zbekistondagi havo eng ifloslangan shahar emas. Ifloslanish darajasi bo’yicha Farg’ona va Jizzax yetakchi o’rinlarni egallaydi.

Теги :
Jamiyat