$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 3-fevral voqealari

Qora 3-fevral

Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.Gʻ. fuqaro D.S.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishi va u yerda ish bilan ta’minlashi evaziga tanishi A.A. orqali 20 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman bo‘limi bosh mutaxassisi pora olgan vaqtida ushlandi

Huquq-tartibot idoralari tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Yozyovon tumani bo‘limi bosh mutaxassisi xizmat mavqeidan foydalanib, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida pudratchi korxonaning reyting ballarini ko‘tarish hamda tenderga taqdim qilish maqsadida, haqiqatda mavjud bo‘lmagan qurilish texnikalarining texnik pasporti va yorliqlarini tayyorlab berish evaziga 8700 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bog‘ot tumanida tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan I.S. fuqaro X.M.dan 6 000 AQSH dollarini 77,4 mln. so‘mga sotib olgan vaqtida ushlanib, tadbir jarayonidan I.S.dan 103 915 Rossiya rubli, 300 AQSH dollari, 30 ming Qozoq tengesi, 770 ming so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shk kabi, Departamentning Andijon va Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda, Andijon shahrida yashovchi M.M. 4 000 AQSH dollarini 51,8 mln so‘mga sotgan vaqtida, Zarafshon shahrida yashovchi Sh.E. 4 200 AQSH dollarini 54,7 mln so‘mga sotgan vaqtida va Navbahor tumanida yashovchi J.A. 3 700 AQSH dollarini 48 mln. so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bosh mutaxassis katta miqdordagi pora bilan qo’lga tushdi

Xorazm viloyatining Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqaroning ishonchiga kirgan holda boshqa bir fuqaroga tegishli boʻlgan va Urganch shahrida joylashgan 960 metr kvadrat boʻsh yer maydonini kadastr idoralaridagi tanishlari orqali uning nomiga oʻtkazib aytgan.

Bosh mutaxassis fuqarodan u yerda koʻp qavatli turar-joy qurishi uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 135 ming AQSH dollari talab qilib, shundan 80 ming AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida ushlangan.

Теги :
Jamiyat