$
 12496.94
-62.32
 14405.22
-7.79
 159.38
-0.79
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

“Qora dayjest”: 2025-yil 28-fevral voqealari

Qora 28-fevral

Andijonda noqonuniy yo‘l bilan Yaponiyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

DXX va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijonda pul evaziga Yaponiyaga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.

Xususan, Andijon shahrida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan shaxs fuqarolarni Yaponiyaga ishga yuborish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon tarqatib, ko‘pchilikning ishonchiga kirgan. Ammo u Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni amaldagi tartib-qoidalarni chetlab o‘tgan holda, Yaponiya davlatiga ishlash uchun yuborish evaziga 7400 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Surxondaryoda tergovga jalb qilingan fermer vafot etdi

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida sodir bo‘lgan mudhish qotillik ishi doirasida tergovga jalb qilingan fermer Tohirjon Hayitov vafot etdi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili – Ombudsman ma’lum qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Hayitov 24-fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha aybli deb topilib, unga 6 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

U Termizdagi ma’muriy qamoqxonaga olib ketilayotgan vaqtida sog‘ligi yomonlashgani sababli Sariosiyo tuman tibbiy yordam bo‘limiga yetkazilgan. Biroq shifokorlar uning allaqachon vafot etganini qayd etishgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, fermer yurak ishemik kasalligi, infarkt miokardi, yurak anevrizmasi va yurak tamponadasi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Shuningdek, unda pеlonеfrit va arterosklеroz asoratlari ham aniqlangan. Ekspertiza xulosasida Hayitov tanasida hech qanday jarohatlar aniqlanmagani qayd etilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Sariosiyo tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Surxondaryo viloyati prokuraturasi esa jarayonni nazoratga olgan. Bosh prokuraturaga esa Ombudsman tomonidan rasmiy so‘rov yuborilgan.

Bojxona posti orqali pnevmatik qurol va 500 dona o‘qni yashirincha olib o‘tilishining oldi olindi

“Yallama” chegara bojxona posti orqali pnevmatik qurol va 500 dona o‘q yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qo‘shni davlatdan yurtimizga “Yallama” chegara bojxona post orqali fuqaro boshqaruvida kirib kelgan avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

“Bojxona ko‘rigi natijasida, avtotransport vositasi salonida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va ruxsat beruvchi hujjatlari bo‘lmagan 2 dona “Hatsan” nomli 4,5 mm. kalibrli pnevmatik miltiq va 500 dona o‘q borligi fosh etildi”, – deyiladi xabarda.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Isroilga jo‘nataman deb salkam 75 ming dollar olgan shaxs qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda fuqaro J.R. tanishlari I.K. va U.Sh. bilan “J.I.” MChJni tashkil etib, fuqarolarni Isroil davlatiga ishlash uchun yuborishlarini reklama qilib, 2024 yilning sentyabr oyida 16 nafar fuqaroni aldab, ularni Isroil davlatiga ishga yuborishi evaziga jami 74 550 AQSh dollari va 22,5 mln so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Yana bir holat, Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.T. fuqarolar X.U. va D.N.ning ishonchiga kirib, ularni tanishlari yordamida 44 000 AQSh dollari evaziga Kanada davlatiga ishga yuborishi va viza olib berishini aytib, shundan 8 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Теги :
Jamiyat