$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 27-fevral voqealari

Qora 27-fevral

 Ayollarni Hindistonga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Sergeli tumanida 38 yoshli ayolga nisbatan sud ishi ko‘rib chiqildi. U 27 yoshli qizni Hindistonga fohishalik bilan shug‘ullanishga yuborish uchun yollashda ayblangan. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi jabrlanuvchiga Hindistonda oyiga 2000–3000 dollar ishlab topish mumkinligini aytib, uni u yerga borishga ko‘ndirgan. Qiz rozi bo‘lib, hujjatlarini topshirgan va unga viza rasmiylashtirilgan.

Sud jarayonida ayol o‘z aybini tan olmadi va faqat qizlarni aeroportga kuzatib qo‘yganini, bu harakatini jinoyat deb bilmaganini aytdi.

Toshkent viloyatida 13 yoshli o‘quvchi Li L9 avtomobilini boshqardi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan bolaning Li L9 avtomobilini boshqarayotgan videosi tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati izoh berdi.

Erkak 13 yoshli o‘g‘liga avtomobil boshqarishga ruxsat bergan va bu holatni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. Avtomobil egasiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan, mashina esa jarima maydonchasiga jo‘natilgan.

Chinozda uka opasini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

Joriy yilning 14-fevral kuni Toshkent viloyati Chinoz tumanida 1999-yil tug’ulgan uka 1995-yil tug’ulgan o‘z opasini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, sudlanuvchi uka opasini o‘ldirganligi haqida sinfdosh o‘rtoqlariga telefon qilib aytgan. “Ular hazillashyapti, deb o‘ylab, do‘stining uyiga kelgan. Biroq, rostdan u opasini o‘ldirib qo‘ygan bo‘lgan. So‘ngra sinfdoshlari IIB xodimlariga xabar bergan. Murdasini 1 hafta uyida saqlagan, jasad 22-fevral kuni oila xonadoning balkonidan topilgan”, – deydi guvohlardan biri.

Qo‘shnilari sudlanuvchi ukani yaxshi yigit bo‘lgani va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilmasligini ma’lum qilgan. Marhuma ayol 2 farzandi bilan ajrashib, qizlik uyida onasi va ukasi bilan yashagan. Uka nimaga bu ishni qilganligining sababi ochiqlanmagan.

Hozirda holat yuzasidan JKning 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar M.Sh. va O.N. fuqaro S.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan 850 quti tamaki mahsulotini 69,7 mln. so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Теги :
Jamiyat