$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 25-fevral voqealari

Qora 25-fevral

Namangan viloyatida noqonuniy tamaki savdosi bilan shug’ullangan shaxslar ushlanib, tergovga olinmoqda

Namangan viloyatida, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tumani bo’limi va “Qamchiq” Yo’l Patrul Xizmati xodimlari hamkorligida o’tkazilgan tezkor tadbirda, noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug’ullangan shaxslar ushlanib, jinoiy faoliyatlari fosh etildi.

Ma’lum bo’lishicha, avtomobilni boshqarib ketayotgan shaxs, ilgari sudlangan gumonlanuvchi O.H., Toshkent shahriga sotish maqsadida 2 220 ta quti aktsiz markasiz tamaki mahsulotlarini olib ketayotgan edi. Mazkur mahsulotlar to’xtatilgan avtomobildan olingan va ashyoviy dalil sifatida saqlanmoqda.

Shu bilan birga, tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug’ullangan gumonlanuvchilar M.M. va A.S., B.Sh. ismli fuqaroga 1 500 ta quti tamaki mahsulotini 2 880 AQSh dollari evaziga sotishda ushlanishdi. Ushbu holatga doir ashyoviy dalillar ham olingan.

Taniqli shoir Bahodir Iso olamdan o‘tdi

Bugun, 25 fevral kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Bahodir Iso vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, janoza namozi bugun soat 11:00 da Rishton tumanidagi Do‘tir qishlog‘ida o‘qiladi.

Ma’lumot uchun, u 1956 yilda Farg‘ona villyati Rishton tumanidagi Do‘tir qishlog‘ida tug‘ilgan. 1977 yilda Fargona pedagogika institutini tugatgan. Biroq faoliyatini asosan adabiyotga, san’atga bog‘lagan.

Buxoroda tanishini pichoqlab o‘ldirib, uning onasini jarohatlagan erkak 23 yilga qamaldi

Buxoro viloyati Kogon shahrida tanishini pichoqlab o‘ldirib, uning onasini jarohatlagan erkakka sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Zo‘rTV telekanalida xabar berildi.

Holat 2024-yilning 13-oktabr kuni soat 13:10 atrofida sodir bo‘lgan. 53 yoshli A.G. avvaldan mavjud bo‘lgan kelishmovchilik oqibatida ishxonasiga kelgan tanishlari — 61 yoshli ayol N.A. va 29 yoshli yigit U.D. tanalarining turli sohalariga oshxona pichog‘i bilan urgan.

Oqibatda yigit shifoxonada olgan jarohatlari sababli vafot etgan. Uning onasiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahri sudi o‘tkazgan majlisda ayblanuvchi ona-bolani, shunchaki, qo‘rqitmoqchi bo‘lganini aytgan. Ayblanuvchi tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 23 yil ozodlikdan mahrum qilindi.

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sharof Rashidov tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.Z. 16 quti “Omnadren-250” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro M.X.ga 4,8 million so‘mga sotayotganda ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Yangi Hayot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda “R.M.” MChJ rahbari X.A.dan 300 dona “Benzonal 100 mg” dori vositasi, shuningdek, Departamentning Andijon shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro M.A.dan 60 dona “Regapen” va “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyo sifatida olingan.

Mazkur holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorazmda 71 yoshli erkak 51 yashar oʻgʻlini otib oʻldirdi

Yangiariq tumani, Yangiariq mahallasida yashovchi 1954-yilda tugʻilgan shaxs, oilaviy kelishmovchilik sabab 1974-yilda tugʻilgan oʻgʻlini uyida saqlab kelayotgan ov quroli bilan qasddan otib oʻldirgan. Shundan soʻng kelini va nevarasiga ham oʻq uzib, ogʻir jarohat yetkazgan.

Gumonlanuvchi shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Теги :
Jamiyat