$
 12916.18
-13.74
 13523.24
26.99
 147.60
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
uzfood

“Qora dayjest”: 2025-yil 24-fevral voqealari

Qora 24-fevral

Toshkent shahrida 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Toshkent shahrida 4 ta mashina ishtirokida yoʻl-tarnsport hodisasi sodir boʻldi. Poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati voqea yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 23-fevral kuni soat 01:30 larda Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Maxtumquli koʻchasida yuz bergan. Oʻsha kuni “Malibu-2”, “Cobalt”, BYD va “Onix” avtomashinalari oʻzaro toʻqnashib, YTH sodir etgan.

Hodisa oqibatida “Malibu-2” haydovchisi va yoʻlovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Hozirda holat yuzasidan poytaxt IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Surxondaryoda Nexia “peshexod”dan o‘tayotgan 8 yoshli bolani urib yubordi

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 27-yanvar kuni YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Nexia haydovchisi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 8 yoshli bolani urib yuborgan. Oqibatda bola og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.

Bola shaharning 12-maktab o‘quvchisi bo‘lgan. Shundan so‘ng ushbu maktabda YHXB mutasaddilari va o‘quvchilar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.

Andijonda 2 gektar yerni 300 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Andijon viloyatida o‘tkazilgan “Tozalash“ kompleks tezkor-profilaktik tadbirlarida bir qator jinoyatlarga chek qo‘yildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Xo‘jaobod tumanida yashovchi shaxs 2 gektar yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berishni aytib, evaziga 300 ming dollar talab qilgan. U kelishilgan pullardan 50 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Fargʻonada avtomobil yoʻlining bir qismi oʻpirilib tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyatida avtomobil yoʻlining bir qismi oʻpirilib tushgani, hodisa oqibatida yoʻldan oʻtayotgan “Damas” chuqurga agʻdarilib ketgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Viloyat FVB holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, joriy yilning 23-fevral kunidan 24-fevral kuniga oʻtar kechasi Fargʻona viloyati Bagʻdod tumani “Qaxat” MFY hududidan oʻtgan D-105 “Fargʻona halqasi” avtomobil yoʻlining 286-kilometrida favqulodda hodisa yuz bergan. Yoʻlning oʻng tomonidan oqib oʻtuvchi Fargʻona kanalida suv sathi koʻpayib avtomobil yoʻlining tag qismidan sizib oʻtishi oqibatida asfalt yoʻl qoplamasida choʻkish yuzaga kelgan.

Fargʻona viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga koʻra, mazkur hududda taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi sababli vaqtincha transport vositalari harakati cheklangan. Cheklov vaqtida ushbu hududni aylanib oʻtishlik uchun 40V 047 “Bagʻdod-Dasht- Ultarma” (Qoʻqon-Fargʻona) va 40V 046 “Yangi qoʻrgʻon-Ultarma-Qaqir” (Fargʻona-Qoʻqon) avtomobil yoʻllari orqali harakat tashkil etilgan.

Qoʻshimcha qilinishicha, taʼmirlash ishlari 24-fevral kuni soat 18:00 ga qadar yakunlanib, transport vositalarining harakati qayta yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.

Теги :
Jamiyat