$
 12929.92
-20.11
 13496.25
-9.34
 146.25
3.72
weather
+26
Кечаси   +14°
woodtech

“Qora dayjest”: 2025-yil 20-fevral voqealari

Qora 20-fevral

Olmazor tumanida avtobus yonib ketdi

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 20-fevral kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida avtobus yonib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv guruhi soat 07:45 da yetib keldi va 07:50 da yong‘inni o‘chirishdi, deyiladi boshqarma xabarida. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.

Ma’lumot uchun, 11-fevral kuni ertalab Samarqand viloyatining Jomboy tumanida avtobusning ag‘darilishi oqibatida 22 nafar ayol jabrlangan edi.

Valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marhamat tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.Yu. 3 000 AQSH dollarini 39 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 5 410 AQSH dollari, 51 600 Rossiya rubli, 13 450 Qirg‘iz somi va 16,4 mln. so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan. Bu haqda Departament yozmoqda.

“Shuningdek, Departamentning Koson tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro P.M. 3 300 AQSH dollarini 42,7 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ushlanib, undan jami 2 800 AQSH dollari va 93,3 mln so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan”, – deyiladi xabarda.

Departamentning Nishon tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.K. va boshqalar fuqaro B.T.ga 3 400 AQSH dollarini 44,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Farg‘onada 132 mln. so’mlik sifatisiz dorilarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan fuqarolar qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro I.T. va boshqalar qo‘lga olindi. Ular umumiy bahosi 132 mln so‘mlik kelib chiqishi hamda sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan jami 6 000 quti “AMPISUL” nomli dori vositasini Dang‘ara tumaniga olib kelgan vaqtida ushlangan.

Ushbu dorilar tumanga sotish maqsadida olib kelinganligi va xorijda ishlab chiqarilganligi aniqlangan.

Qashqadaryoda oʻquvchi oʻqituvchining yuziga tarsaki tushirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda oʻquvchi oʻqituvchining yuziga tarsaki tushirib, sinfxonadan chiqib ketgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 8-fevral kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabida sodir boʻlgan.

Maktabning 8-sinf oʻquvchilari B.N. va E.S. rus tili fani darsida oʻzaro tortishib, turli nooʻrin soʻzlar bilan bir-birini haqorat qilgan. Oʻqituvchi E.F. ulardan darsdan chiqib ketishini talab qilgan, biroq B.N. oʻqituvchining talabiga boʻysunmasdan unga nisbatan qoʻpol soʻzlar ishlatgan.

“Mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, tegishli tartibda oʻrganish olib borildi hamda pedagog xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi”, deyiladi rasmiy munosabatda.

Bolalar ombudsmanining maʼlum qilishicha, maktab tartib-qoidalarini buzgan oʻquvchilarning ota-onalariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasiga koʻra maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirgan.

Теги :
Jamiyat