$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 2-fevral voqealari

Qora 2-fevral

 Toshkent viloyatidagi zapravkada Isuzu gaz balloni portladi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi gaz to‘ldirish shoxobchalarning birida avtobus gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1-fevral kuni soat 08:40 larda “Registon” MFY Navbahor ko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarning birida Isuzu rusumli avtotransport vositasiga gaz to‘ldirish vaqtida transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonidagi gaz to‘ldirish uchun mo‘ljallangan qismiga ulangan maxsus metall moslama chiqib ketishi oqibatida gaz yuqori bosim bilan havoga chiqib ketgan.

Sodir bo‘lgan holat oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Noqonuniy ovchilar 50 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi

Surxondaryo viloyatida noqonuniy ov qilish bilan shug‘ullangan fuqarolarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Ekologiya boshqarmasi va Milliy gvardiya tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida Muzrabot va Sho‘rchi tumanlarida ruxsatsiz ov qilayotgan shaxslar aniqlandi.

Mazkur shaxslar O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlarini qo‘pol ravishda buzganliklari sababli ularning har biriga 7,5 mlndan, jami 52,5 mln so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Yangihayot tumanida avtomobil yonib ketdi

Kecha, 1-fevral kuni soat 15:34 da Toshkent shahri Yangihayot tumani “Marhamat” MFY hududida avtomobil yonayotgani toʻgʻrisida, shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar tushgan.

Poytaxt FVB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipaji aytilgan manzilga soat 15:41 da yetib borib, soat 15:46 da yongʻinni oʻchirgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Samarqandda YPX xodimi ustiga mashina haydagan fuqaro qamoqqa olindi

Samarqandda YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan inspektorning hayoti uchun xavfli harakatlar sodir etgan haydovchi qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 31-yanvar kuni Samarqand shahri Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida xizmat faoliyatini olib borayotgan YPX xodimi davlat raqamisiz harakatlanib kelayotgan Onix avtomoshinasiga to‘xtash ishorasini beradi.

Haydovchi inspektorning qonuniy talabiga bo‘ysunmay, mashinani xodim ustiga haydab, unga tan jarohatlari yetkazgan va voqea joyidan qochib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi protsessual tartibda ushlanib, qamoqqa olingan.

Toshkentdagi maktab oshxonasida taqiqlangan mahsulotlar sotilayotgani aniqlandi

Toshkent shahri Mirobod tumanidagi maktablardan birida sanitariya qoidalarining buzilish holati aniqlandi, deb xabar bermoqda Sanepidqoʻmita poytaxt boshqarmasi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, boshqarmaning Mirobod tuman boʻlimi mutaxassislari tomonidan tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida yuqumli kasalliklarga qarshi chora-tadbirlarning toʻgʻri tashkil etilganligi hamda ertalabki filtrlash ishlari yuzasidan sanitariya nazorati olib borilgan.

Tadbir davomida oʻquv maskanida quyidagi kamchiliklar aniqlangan:

·      har kunlik ertalabki saralash bosqichlarini olib borishda maxsus moslamalarning mavjud emasligi;

·      taʼlim oluvchilar uchun tana harorat oʻlchagichlar yetarli emasligi;

·      oshxonada taqiqlangan mahsulotlarning sotilishi va brakeraj kommisiyasi tomonidan nazorat ishlari olib borilmaganligi;

·      hamshiralar yetarli emasligi;

·      foydalanadigan dori vositalarining muddati oʻtganligi;

·      hojatxonalarning doimiy ochiq holatda emasligi, yuqori qavatlardagi hojatxonalar yopiqligi;

·      oqava suv tizimi nosozligi maʼlum boʻldi.

Oʻrganishlar natijasida, sanitariya qoida va meʼyorlarining qoʻpol ravishda buzilishi, filtrlash ishlarining toʻgʻri tashkil etilmaganligi, muddati oʻtgan dori vositalarining saqlanishi, shuningdek aniqlangan bir qator kamchiliklar yuzasidan masʼullarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Теги :
Jamiyat