$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 19-fevral voqealari

Qora 19-fevral

 Buxoroda fermer xo‘jaligi 182,1 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida G‘ijduvon tumanida joylashgan “M. T.” fermer xo‘jaligida 2 ta suv nasos qurilmasini elektr hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 182,1 million so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Jizzaxda davlat xaridlari sohasida qonun talablari buzilishi holatlari aniqlandi

Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan davlat xaridlari sohasida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganishlari olib borildi.

Jumladan:

Sharof Rashidov tuman tibbiyot birlashmasi 50 mln. so‘mlik;

G‘allaorol tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi 295 mln. so‘mga yaqin;

Jizzax viloyati G‘allaorol tuman tibbiyot birlashmasi 53 mln. so‘mdan ortiq

Bo‘lgan tanlov savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilish alomatlari bilan Buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan belgilangan tartibda ishlar qo‘zg‘atilib, qonun buzish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Toshkentda qurilayotgan bino zinasidan yiqilish oqibatida erkak vafot etdi

Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi qurilish obektlaridan birida ishchi zinapoyadan qulab halok bo‘ldi. Bu haqda Telegram’dagi “Burgut” kanali xabar bermoqda.

Voqea 17 fevral kuni “Askiya city” TJMda sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak sirpanib ketib, muvozanatni yo‘qotgan va qurilayotgan ko‘p qavatli uyning yerto‘lasiga qulagan.

Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

Toshkentda 180 ming dollarni og’irlamoqchi bo’lgan farg’onaliklar qo’lga olindi

Toshkent shahrida migrantlarning yaqinlariga pul yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi erkakni talon-toroj qilishda gumonlangan Farg‘onalik uch nafar fuqaro qo‘lga olindi. Ular jabrlanuvchidan qariyb 180 ming dollarni tortib olishga uringan.

Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea fevral oyining boshida Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan. Gumonlanuvchilar jabrlanuvchining faoliyati haqida avvaldan xabardor bo‘lib, hujumni oldindan rejalashtirgan. Ular o‘zlarini Toshkentdagi qarindoshlarga pul yuboruvchidek ko‘rsatib, uchrashuv belgilagan.

Uchrashuv joyiga yetib kelganida, ikki nafar shaxs jabrlanuvchining Captiva rusumli avtomobiliga o‘tirgan. Ulardan biri orqa o‘rindiqda o‘tirib haydovchining boshiga urgan, ikkinchisi esa ichida pul bo‘lgan paketni olib qochishga uringan. Jabrlanuvchi qarshilik ko‘rsatgani bois, ular faqat 20 ming dollarni o‘g‘irlab, hodisa joyidan Nexia-3 avtomobilida yashiringan. Mashinani uchinchi gumonlanuvchi boshqargan.

Ayni paytda ushbu holat bo‘yicha tergov davom etmoqda.

Теги :
Jamiyat