$
 12950.03
-20.16
 13505.59
-66.42
 142.53
0.33
weather
+26
Кечаси   +14°
icci

“Qora dayjest”: 2025-yil 18-fevral voqealari

Qora 18-fevral

Jizzax viloyatida qalbaki 51 000 AQSH dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I.N. va M.M. fuqaro S.G.ga 100 AQSH dollarlik kupyuradagi jami 51 000 qalbaki AQSH dollarini hamda 200 ming so‘mlik kupyurali qalbaki 100 mln. so‘mni jami 93 mln. so‘mga sotishga kelishib, shundan 39,2 mln. so‘mini bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

150 mln. so‘mlik “iPhone”larni noqonuniy olib kirayotgan shaxs to’xtatib qolindi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona post orqali O‘zbekistonga kirib kelgan yo‘lovchilarni tashuvchi avtobus belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Bojxona nazorati natijasida, avtobus salonida xufiyona yashirilgan xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 150 mln. so‘mlik 38 dona “iPhone” rusumli uyali aloqa vositalari borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

105 yoshli urush qatnashchisi vafot etdi

Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi Doʻrman mahallasida istiqomat qilgan urush va mehnat faxriysi Pirnazar bobo Turdiyev vafot etdi.

Pirnazar bobo urushning dastlabki kunlaridayoq harbiy xizmatga chaqirilib, 1947-yilda yurtga qaytgan. Toʻrt marta qattiq yaralgan. Ikki bor uyiga qoraxat kelgan.

Frontdan qaytgach, qirq yil jamoa xoʻjaligining traktor parkida temirchilik qilgan.

Samarqandda “Gentra” ikki piyodani urib ketdi

Samarqand viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlangan “Gentra” yoʻl chetida turgan ikki piyodani urib yubordi. Holat boʻyicha Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl xavfsizligi xizmati maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 17-fevral kuni taxminan soat 14:10 da viloyatning “Buxoriy” mahallasi hududidan oʻtuvchi Nurpoya koʻchasida yuz bergan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan koʻrinadiki, yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzib, svetoforning qizil chirogʻida harakatni davom ettirgan “Gentra” rusumli avtomobil qoida boʻyicha oʻz yoʻnalishida kelayotgan “Cobalt”ga borib urilgan. Toʻqnashuv zarbidan boshqaruvni yoʻqotgan “Gentra” yoʻlning oʻng chetida turgan ikki piyodani urib yuborgan.

YHXBga koʻra, hodisa oqibatida tan jarohati olgan piyodalar zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda masʼul tashkilotlar tomonidan hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda.

Oʻzbekiston Davlat musiqali komediya teatri asoschisi Grigoriy Spektor vafot etdi

Teatr rejissyori, Oʻzbekiston Davlat musiqali komediya teatri (operetta) asoschilaridan biri, Rossiya Federatsiyasining sanʼat arbobi Grigoriy Spektor 99 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Grigoriy Spektor – betakror rejissyorlik mahoratiga ega boʻlgan isteʼdodli sanʼatkor edi. U ijodiy faoliyati davomida 110 dan ortiq dramatik va opera spektakllarini sahnalashtirgan.

Теги :
Jamiyat