$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 17-fevral voqealari

Qora 17-fevral

Centrum Air samolyoti Namanganga qo‘na olmadi

Madinadan uchib kelgan Centrum Air aviakompaniyasiga tegishli samolyot qalin tuman sababli Namanganda qo‘na olmadi. Bu haqda Tashkent Sky News Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, ekipaj samolyotni zaxira maydonchasi bo‘lmish Farg‘ona aeroportiga qo‘ndirishga qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, 17-fevral, dushanba kuni ertalab Namangan aeroportida qalin tuman kuzatildi. Ko‘rinish masofasi 0 metrni tashkil etdi.

Surxondaryoda ona va bola o‘ldirilib ketilgani, uyi esa yoqib yuborilgani aniqlandi

Joriy yilning 15 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida 42 yoshli ayol va uning bolasi o‘ldirilib ketilgani, uyi esa yoqib yuborilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, soat 03:39 da Uzun tumanining Yangi yo‘l mahallasida yashovchi Sh.E. viloyat Ichki ishlar boshqarmasining 102 operatori orqali murojaat qilib, qo‘shnisi M.R.ning yashash uyida yong‘in bo‘layotgani, u va farzandlari o‘ldirib ketilganini aytgan.

Mazkur murojaat yuzasidan zudlik bilan hodisa joyiga tuman IIB mavjud tezkor tergov guruhi borganda M.R. uyining tomorqasining o‘rtasida bosh sohasida og‘ir tan jarohati va qo‘l hamda oyog‘idagi jarohatlar sabab vafot etgani aniqlangan.

Shuningdek, ayolning 2010-yilda tug‘ilgan O.H. ismli o‘g‘li uyining orqasidagi alohida xonasidan boshidagi jarohat hamda pastki jag‘ining kesilgan holatida o‘lik holda topilgan. 2016-yilda tug‘ilgan Z.H. va 2017-yilda tug‘ilgan M.H. ismli qizlari ham tan jarohati bilan Uzun tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Marg‘ilonda o‘qituvchi bolani sinfda kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchining o‘quvchini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Bu haqda Quartz News Uzbekistan xabar berdi.

Kadrlarda ayol bolani qo‘llaridan ushlab, boshiga urganini ko‘rish mumkin. O‘qituvchi qilgan ishidan afsusda ekanligini va ogohlantirish bilan chiqib ketganini aytdi. Hozircha mas’ul idoralar voqea yuzasidan izoh bermagan.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 2024-yil dekabr oyida Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi 11-maktabda sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bola darsni qoldirib, dars vaqtida o‘zini yomon tutgan, bu esa o‘qituvchining jahlini chiqargan va u dars vaqtida uni boshqa bolalarning ko‘z o‘ngida kaltaklay boshlagan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Sanjar Tursunov 38 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Sanjar Tursunov 38 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi.

“Bugun men professional futboldagi faoliyatimga yakun yasaganimni e’lon qilmoqchiman. Butun futbol jamoatchiligiga, milliy jamoa va faoliyatim davomida o‘ynagan barcha klublarga, murabbiylarga, jamoadoshlarimga hamda futbol muxlislariga tashakkur izhor etaman”, deydi u o'z Instagram sahifasida.

Ma’lumot o‘rnida, Tursunov O‘zbekiston milliy terma jamoasi libosi ostida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan. U futbolchilik faoliyati davomida “Paxtakor”, “Irtish Omsk”, “Volga”, “Alaniya”, “Orenburg”, “Vorskla”, “Umm Salal”, “Al-Huritiyat”, “Tejon”, “Bunyodkor”, OKMK va “Lokomotiv” klublarida to‘p tepgan.

Qayd etish kerak, Sanjar Tursunov 2012-yilda O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan.

Теги :
Jamiyat