$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 16-fevral voqealari

Qora 16-fevral

 Buxoroda 1,2 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi

“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qorako‘l tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Z. H. ga qarashli xonadonda mayning qurilmalarni elektr hisoblagichdan tashqari taqmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd. 271 mln. so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

“Men kuchinskiy bolaman, vorzakon”: Toshkentda bloger voyaga yetmagan bolaga pul berib, videoga tushirdi

Toshkent shahar IIBB xabariga koʻra, bloger topilgan va 188-1-modda (Voyaga yetmagan shaxsni maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish) bilan sudga berilgan. U BHMning 15 baravari (5,6 million soʻm) miqdorida jarima toʻlashi kerak.

Bundan tashqari, huquq-tartibot idoralari xodimlari oʻsmir uzoq vaqt davomida ota-onasining qarovisiz qolgani va maktabga bormaganini ham aniqladi. U koʻchada popkorn sotayotganida bloger tomonidan koʻrib qolingan.

Bola reabilitatsiya va ijtimoiy moslashuvni davom ettirish uchun maxsus muassasaga oʻtkazilgan. Uning ota-onasi tarbiyalash va taʼlim berish majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun javobgarlikka tortilgan (MJTKning 47-moddasi).

Samarqandda mashina boshqargan 11-sinf oʻquvchisi YTH qurboni boʻldi

Samarqand viloyati mashina boshqargan 11-sinf oʻquvchisi yoʻl-transport hodisasi oqibatida halok boʻldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 12-fevral kuni soat 12:30 larda Jomboy tumanida sodir boʻlgan.

Tumandagi 54-maktabning 11-sinf oʻquvchisi, 2007-yilda tugʻilgan yigit “Lacetti” mashinasini haydab ketayotib, boshqaruvni yoʻqotgan va yoʻl yoqasidagi daraxtga borib urilgan. Toʻqnashuv oqibatda yigit ogʻir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Biroq koʻrsatilgan muolajalarga qaramasdan u vafot etgan.

Samarqandda 2 tonna isteʼmolga yaroqsiz goʻsht toʻxtatib qolindi

Samarqand viloyatida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida kata miqdordagi isteʼmolga yaroqsiz goʻsht mahsuloti toʻxtatib qolingan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 14-fevral kunidan 15-fevral kuniga oʻtar kechasi Bulungʻur tumanida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida Namangan-Samarqand yoʻnalishida ketayotgan, 1997-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvidagi “SHINERAY T30” rusumli avtomashina toʻxtatilib, tegishli tartibda tekshirilgan. 

Tekshiruv natijasida transport vositasining yukxonasida 2 tonna mol goʻshti borligi aniqlangan.

Samarqand viloyat hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi davlat markazida tekshirilganda, goʻsht isteʼmolga yaroqsizligi maʼlum boʻlgan. Shundan soʻng u belgilangan tartibda yoʻq qilingan.

Toshkentda “peshexod”dan oʻtayotgan piyodani mashina urib ketdi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 19 yoshli haydovchi piyodani urib yubordi. Bu haqda poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 15-fevral kuni soat 20:15 da Yunusobod tumanining Amir Temur koʻchasida yuz bergan. 2005-yilda tugʻilgan J.I. ismli haydovchi oʻzining “Spark” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda olgan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan, u yerda unga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Aniqlanishicha, haydovchi tezlikni meʼyoridan oshirgan va tartibga solinmagan piyodalar oʻtish yoʻlagidan oʻtayotgan ayolni urib yuborgan.

Теги :
Jamiyat