$
 12931.94
-8.17
 14107.45
51.9
 150.18
4.56
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 12-fevral voqealari

Qora 12-fevral

Buxoroda issiqxona 3,7 mlrd. so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

Buxoro viloyati Kogon tumanida tadbirkor issiqxonasida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura nazorat tadbirlari natijalariga asosan.

K.E.S.S. MCHJ ish yurituvchisi I.M. jamiyatga qarashli issiqxonani tabiiy gaz tarmog‘iga yashirin ravishda ulash orqali foydalanib kelish oqibatida 3,7 milliard so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat ish yurituvchisi va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (Juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shovotda profilaktika inspektori eri Rossiyada bo‘lgan ayolning uyida ushlandi

Xorazm viloyati Shovot tumanidagi Idaliqal’a mahallasi profilaktika inspektori o‘zi xizmat olib boradigan hududda yashovchi begona ayol bilan “qo‘lga tushdi”. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, profilaktika inspektori (xodimning ismi tahririyatga ma’lum) ushbu mahallada yashovchi, ishlab pul topish uchun Rossiyaga ketgan erkakning turmush o‘rtog‘i bilan uning xonadonida “don olishib” yurgan. U joriy yil 31 yanvar kuni yarim tunda navbatdagi “tashrifi” chog‘ida erning yaqin qarindoshlari tomonidan ushlab olingan.

Surxondaryoda sobiq erini qo‘rqitish maqsadida go‘dakni kaltaklagan ayol ma’muriy javobgarlikka tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘dak bolani onasi urayotgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat Bolalar ombudsmani quyidagilarni ma’lum qildi.

Olib borilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, videodagi holat 1 yil avval sodir bo‘lganligi aniqlandi.

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro T.M (2001-yilda tug‘ilgan ayol) 2024-yilning may oyida sobiq turmush o‘rtog‘i A.Q (1994-yilda tug‘ilgan erkak) bilan janjallashib qolgan. Ayol eri unga bola uchun aliment va boshqa moddiy ta’minot bermaganligi sababli bosim qilib uni qo‘rqitmoqchi bo’lgan va farzandi A.R (2023-yilda tug‘ilgan qiz) ni urib tasvirga olgan hamda sobiq turmush o‘rtog‘iga yuborgan.

Tergovga qadar tekshiruvda bolani sog‘lig‘iga zarar yetmaganligi aniqlanganligi sababli 14.05.2024 yilda holat yuzasidan ayol MJtKning tegishli moddalari bilan huquqbuzarlik sodir qilgan deb topilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudi tomonidan uning javobgarligi masalasi hal etilgan.

Toshkent viloyatida xotinini o‘ldirishda gumonlanayotgan er ushlandi

Toshkent viloyatida xotinini o‘ldirishda gumonlanayotgan er qo‘lga olindi. Bu haqda “Millar” teledasturida xabar berildi.

Qayd qilinishicha, 28 yoshli ayol o‘limidan 10 kun oldin janjallar tufayli ota uyiga qaytib ketgan. 8 fevral kuni tunda 32 yoshli er ayolning ota-onasi uyiga borib, uni mashinasida olib ketgan.

Shundan so‘ng, ayolning jasadi Olmaliq shahri hududidan topilgan. Er qotillikda gumonlanib qo‘lga olingan.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan, tergov boshlangan.

Теги :
Jamiyat