$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 11-fevral voqealari

Qora 11-fevral

 Nurafshondagi xonadonlardan birida eshak terisi va go‘sht mahsulotlari aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Nurafshon shahridagi xonadonlarning biridan eshak hayvoni terisi va goʻsht mahsulotlari olingani” haqida xabarlar tarqaldi, mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

“Joriy yilning 9-yanvar (1 oy avval) Toshkent viloyati IIBB Karantin tadbirlarini tashkil etish boʻlinmasi va hamkorlikdagi tashkilotlar tomonidan, aholini xavfsiz oziq-ovqat bilan taʼminlash yoʻnalishida nazorat tadbirlari oʻtkazilgan”, – deyiladi xabarda.

Oqqoʻrgʻon tumanida eshak suyaklarini suvga tashlab ketilayotgan holatdan boshlangan tadbir, Ohangaron tumanida davom ettirilib, 3 nafar shaxs gumonlanuvchi sifatida ushlangani va tergovga qadar surishtiruv olib borilayotgani haqida viloyat IIBB Axborot xizmati rahbari telegramdagi kanalida xabar bergan edi.

Surishtiruvlar Nurafshon shahrida ham davom ettirilgan va tadbir davomida eshak hayvoni terilari va goʻsht mahsulotlari daliliy ashyo sifatida olingan.

Toshkentda ayol maktab o‘quvchisini o‘g‘irlashga uringan

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum ayolning maktab o‘quvchisini qo‘lidan ushlashga uringanini aks ettirgan video tarqaldi. Bu haqda Toshkent shahar IIB xabar bermoqda.

10-fevral kuni taxminan soat 14:00larda Bektemir tumani, Bilol Nizom ko‘chasidagi avtobus to‘xtash joyi oldida R.Ch. 1990-yilda tug’ilgan, shahar psixonevrologik dispanserida muntazam davolanish olib borayotgan ayol, noma’lum o‘quvchiga yaqinlashib, u bilan suhbat qurishni boshlagan.

Biroq, mahalliy aholi vaziyatga aralashib, ayol voqea joyini tark etishga majbur bo‘ldi. Hozirda ayol ushlangan.

Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB xodimlari tomonidan dastlabki tergov tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Ona shirinlikni ruxsatsiz yegan bolasinining kaftlari orasida paxta yoqib jazoladi

OAVlarda tarqalgan “Ona uydagi shirinlikni ruxsatsiz yegan bolasini qo‘lini kuydirdi” mazmunidagi xabar bilan bog’liq holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingani e’lon qilindi.

Aniqlanishicha, 1991-yilda tug‘ilgan ayol 2024-yil 30-oktyabr kuni 8 yoshli o‘g‘li uydagi shirinliklarni ruxsatsiz yeganligi sababli uni go‘yoki jazolash maqsadida barmoqlari orasi va boshqa tana a’zolariga paxta tiqib, yoqqan. Natijada bola tanasida 1 va 2-darajadagi kuyish yuzaga kelib, u yengil tan jarohati olgan.

Olmaliq shahar IIB tomonidan onaga nisbatan JKning 110-moddasi (Qiynash) 2-qismi “a” bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va yashiringani tufayli unga qidiruv e’lon qilingan. Joriy yilning 7-fevral kuni u prosessual tartibda ushlanib, tegishli sud ajrimi asosida qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Buxorodagi xonadonlardan birida sher bolasi noqonuniy saqlab kelinayotgani aniqlandi

Buxoro viloyatining Romitan tumanida yashovchi fuqaro o‘z xonadonida yovvoyi hayvon – sher bolasini noqonuniy saqlab kelgani ma’lum bo‘ldi. Bu holat viloyat Ekologiya boshqarmasi, tuman Ichki ishlar bo‘limi va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlarida aniqlangan.

Huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 92-prim 1-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Ish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborildi. Ayni paytda sher bolasi Somoniy bog‘ida tashkil etilgan vaqtinchalik hayvonot bog‘iga joylashtirilgan.

Теги :
Jamiyat