$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 10-fevral voqealari

Qora 10-fevral

 BYD va avtobus to‘qnashib ketdi

Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmatining xabar berishicha, poytaxtning Yunusobod tumanida YTH yuz bergan.

8-fevral kuni soat 07:15 larda Yunusobod tumani TXAY ko‘chasida, 1983-yilda tug’ilgan haydovchi boshqaruvidagi “BYD” hamda 1992-yilda tug’ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan “YUTONG” rusumli avtobusi o‘zaro to‘qnashuvi natijasida YTH sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q.

Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Chirchiqda fuqaro ko‘chada kiyimsiz yurgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda “Chirchiq hayratda: ko‘chada butunlay yalang’och odam yuribdi!” sarlavhali xabarlar tarqalmoqda. Yarim kechasi 22:59 da tarqalgan xabarlarga aytilishicha, voqea Chirchiq shahrining “Troitskiy” kichiktumanida sodir bo‘lgan. Hozircha voqeaning sabablari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Turkmanistondan O‘zbekistonga noqonuniy o‘tkazilayotgan 1,3 mlrd. so‘mlik dizel to‘xtatib qolindi

Respublikamiz hududiga noqonuniy tarzda 1,3 mlrd. so‘mlik “dizel” yoqilg‘isini olib kirish holati aniqlandi, deb yozmoqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati.

“Oʻzenergoinspeksiya” va Bojxona qo‘mitasi Buxoro viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Turkmanistondan respublikamiz hududiga noqonuniy tarzda “dizel” yoqilg‘isini hujjatlarda “Битумная мастика” tarzida ko‘rsatib olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi”, – deyiladi xabarda.

Xususan, Buxoro viloyatidagi “Olot” chegara posti orqali og‘irligi 115 tonna (qiymati 1 mlrd. 300 mln. so‘mlik) hujjatlarda “Битумная мастика” deya ko‘rsatilgan tovar “Oʻzenergoinspeksiya” kimyo laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra “dizel” yoqilg‘isi ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur qonunbuzarlik holati yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib ushbu yoqilg‘i mahsulotlari vaqtincha saqlovga olingan.

Qarshida maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi

Qarshi shahrida maktab o‘quvchisi 16 qavatli uy tomidan sakrab, o‘z joniga qasd qildi. Voqea 7-fevral kuni taxminan soat 09:00 da sodir bo‘lgan. 17 yoshli qizning ota-onasi uning maktabga ketganiga amin bo‘lgan va o‘qituvchi qo‘ng‘iroq qilgandan keyingina tashvishlanishgan.

“Qiz 12-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi edi”, deyiladi xabarda.

Maktab o‘quvchisining o‘limi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoroda gaz bilan sodir bo‘lgan holat haqida ma’lumot berildi

Bugun, 10-fevral kuni soat 11:26 da Buxoro viloyati FVBdan olingan xabarga ko‘ra, “GAZLI” MGQBning diametri 1020 mm bo‘lgan 26 kg bosim ostidagi “Buxoro-Ural” MGQning yer ostidan o‘tgan 106 km.da (eng yaqin axoli maskani Romiton tumani Qizil rabot MFYdan 40 km uzoqlikda) avariya sodir bo‘lib, natijada yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda FVV xabar berdi.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida soat 11:30 gaz quvuri muruvatlari yopilib, qoldiq gazlarni chiqib ketishi kuzatilmoqda.

Voqea joyiga viloyat FVB, Romiton tumani FVB boshlig‘i 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Теги :
Jamiyat