“Qora dayjest”: 2025-yil 20-yanvar voqealari
O‘quvchi boshqaruvidagi Spark urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi, Toshkentdan Qozonga uchayotgan samolyot aeroportdan 80 kilometr masofani aylanib o‘tishga majbur bo‘ldi, Ucell kompaniyasini reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortildi, harakatsiz turgan mashina yonib ketdi — kunning “qora” xabarlari bilan tanishing.
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda o‘quvchi boshqaruvidagi Spark urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi
Samarqand shahrida voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi Spark piyodani urib yubordi, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, holat shaharning Sadriddin Ayniy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Shahardagi 5-maktabning 10-sinf o‘quvchisi uyda turgan mashinani so‘roqsiz minib chiqib ketgan.
Yo‘lda u piyodani urib yuborgan. Oqibatda 51 yoshli erkak og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.
Toshkentdan Qozonga uchayotgan samolyot aeroportdan 80 kilometr masofani aylanib o‘tishga majbur
“Red Wings” aviakompaniyasining Toshkentdan Qozonga uchayotgan samolyoti joriy qilingan “Gilam” rejasi tufayli aeroportdan 80 kilometr masofani aylanib o‘tishga majbur bo‘ldi.
Samolyotlarni qabul qilish va qo‘yib yuborish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlar mintaqada uchuvchisiz uchish apparatini aniqlash bilan bog‘liq.
Qozonda samolyot va vertolyot zavodlariga UAV hujumi uyushtirildi. Portlashlar eshitilmoqda, havo mudofaasi ishlamoqda, deb yozgan VChK-OGPU kanali .
UAV hujumi sodir bo’lgan joyda, guvohlar yong’inni ko’rishadi. U yerda aviatsiya kolleji va bir qancha samolyotsozlik zavodlari mavjud.
Raqobat qo‘mitasi Ucell kompaniyasini reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortdi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “COSCOM” MChJga (Ucell brendi) reklama qonunchiligiga rioya qilmagani uchun moliyaviy jarima solinganini ma’lum qildi.
Reklama materiallari ustidan muntazam monitoring o‘tkazish chog‘ida kompaniya nashrlarida shishiruvchi yoki noto‘g‘ri so‘zlar borligi aniqlangan. Qo‘mitaning maxsus komissiyasi kompaniyaga nisbatan ish qo‘zg‘atdi va jarima solishga qaror qildi.
Shuningdek, “COSCOM” MChJga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish va kelgusida ularning oldini olish choralarini ko‘rish to‘g‘risida buyruq berildi.
Qo‘mitaning eslatishicha, komissiya qaroriga rozi bo‘lmagan tashkilot qo‘mita apellyatsiya kengashiga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Toshkent shahrida harakatsiz turgan mashina yonib ketdi
2025-yilning 20-yanvar kuni soat 08:10 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasidagi MDIS instituti avtoturargohida harakatsiz turgan Nexia yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.
Shuningdek, yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohat olganlar bo‘lmagani aytilmoqda.



