$
 12940.44
-22.54
 13336.42
-41.38
 126.85
3.17
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 10-yanvar voqealari

Qora 10-yanvar

Samarqandda IIB katta tezkor xodimi 10 ming dollar bilan ushlangani aytilmoqda

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi katta tezkor xodimi 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Qayd etilishicha, xodim boshqarmaning Jinoyat qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor xodimi sifatida ishlab kelgan.

U o‘zining mansabdor tanishlari orqali Samarqand shahar IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishida ayblanuvchi 30 yoshli shaxsga tegishli qismini Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan tugatishni va’da qilgan.

Shuningdek, mazkur ishdagi 21 yoshli fuqaroga nisbatan “uy qamog‘i” ehtiyot chorasini qo‘llagan holda uni ozodlikda qoldirishni va’da qilgan. U bular uchun 10 ming dollar olgan vaqtida ushlanib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Sirdaryoda 10 ming dollar evaziga AQSH vizasini va’da qilgan shaxs ushlandi

Sirdaryo viloyatida Amerika Qo‘shma Shtatlariga viza olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Sayxunobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.R. fuqaro Sh.X. ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida 10 ming AQSH dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga borishi uchun talabalik vizasini olib berishini aytib, shundan 5 000 AQSH dollari va 26 mln so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.    

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Toshkent viloyatida eshak goʻshti ommaviy sotilgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda, “Toshkent viloyatida eshakning yuzlab bo‘laklari mavjud bo’lgan maxfiy ombor topildi. Ko‘plab qoldiqlardan tashqari, to‘liq jihozlangan qassobxona ham aniqlangan. Manbalarga ko‘ra, eshakning go‘shti yuk mashinalari bilan sexdan chiqarilib, Toshkentning Sergeli tumanida ham sotilgan”, – deyiladi.

“Hozirda poytaxtda oshxona va ovqatlanish joylari tekshirilib, u yerda eshakning go‘shti bor-yo‘qligi aniqlanmoqda”,-deb qo’shimcha qilinadi postga.

Qozog‘istondagi fuqarolar yomon ob-havodan ogohlantiriladi

Migratsiya agentligi Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi.

Qozog‘iston Respublikasi hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Magistral yo‘llarga kuchli qor bo‘ronlari hamda muzlash holatlari kuzatilmoqda. Bu esa avtoyo‘llarda harakatlanishda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.

Shu munosabat bilan, qo‘shni davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, juda zarur bo‘lganda poyezd yoki samolyotga chiqishlarini, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmay turishlaringizni so‘ralgan agentlik xabarida.

Теги :
Jamiyat