$
 12707.95
57.69
 14099.47
115.87
 140.95
-1.01
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 26-iyul voqealari

Qora 26-iyul

Andijonda 2 ta “zapravka” salkam 9 mlrd. so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Andijon viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi, deya xabar bermoqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati.

Xususan, Jalaquduq tumanida faoliyat yurituvchi “J.M.S.” MCHJ ga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining gaz hisoblagichning kamera qismidagi ichki detallar davlat standartlari talablariga nomuvofiq bo‘lgan. AGTKSH jami 4 mlrd. 78 mln. so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahridagi “Sh.G.A.V.” MCHJga qarashli “zapravka”da ham xuddi shunday noqonuniy qurilma bo‘lgan.U jami 4 mlrd. 843 mln. so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

Toshkentda 1 yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi

Toshkent shahar Yangihayot tumani Chortoq mahallasida joylashgan uylarning birida qutqaruvchilar 1 yoshli bolaning hayotini saqlab qoldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, uy egasining 2023-yilda tug‘ilgan farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli hovlisidagi hojatxonaga tushib ketganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borgan va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan bolani sog‘-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qolgan.

Farg‘ona tumaniga kuchli sel keldi

Kecha, 25-iyul kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani hududida sel oqimlari kuzatildi.

Jala yomg‘ir va do‘l yog‘ib o‘tishi oqibatida Farg‘ona tumani Shohimardon MFY hududida joylashgan Qurkul sel yo‘lidan soat 15:30 da 1,5-2 m3/s sel oqimlari vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yo‘lidan oqib o‘tgan.

Farg‘ona tumani Shohimardon qishlog‘i tog‘-adirliklaridan soat 15:30 da jala yomg‘ir va do‘l yog‘ishi oqibatida 4-5 m3/s sel oqimlari vujudga kelib, qishloq vrachlik punkti hovlisi hamda 4 ta aholi hovli joylarini qum-tosh bilan to‘ldirgan.

Shuningdek, Farg‘ona tumani “Yordon” MFY hududida joylashgan Bukan sel yo‘lidan soat 15:30 da 1,5-2 m3/s sel oqimlari vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yo‘lidan oqib o‘tgan.

Toshkent viloyatida BMW yoʻl chetida toʻxtab turgan Tracker'ga urildi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda BMW avtomobili Cobaltni quvib oʻtayotgan YTHga uchragani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHHB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 20 iyul kuni soat tahminan 14:00 larda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududidan oʻtuvchi 4R12 “Bektemir-Chorbogʻ” avtomobil yoʻlida avtohalokat sodir boʻlgan.

1991 yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvidagi BMW'da Bektemir-Gʻazalkent yoʻnalishida boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yoʻqotib, shu yoʻnalishda yoʻlning oʻng chyetida toʻxtab turgan Tracker'ni urishi natijasida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.

Ushbu yoʻl transport hodisasi natijasida hech qaysi harakat ishtirokchilarining sogʻligʻiga ziyon yetmagan. (Toʻxtab turgan avtoulovda haydovchi va yoʻlovchilar boʻlmagan) Transport vositalari texnik shikastlangan.

Holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB YHHB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Теги :
Жамият