$
 12557.56
-34.15
 14809.13
-12.57
 159.44
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

“Qora dayjest”: 2024-yil 25-iyul voqealari

Qora 25-iyul

Lacetti va Cobalt ishtirokidagi YTH oqibatida 8 kishi vafot etdi

22-iyul kuni soat 19:05 atrofida Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida Lacetti va Cobalt ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi sababli 8 kishi vafot etdi.

Qayd etilishicha, 30 yoshli M.N. Lacetti avtomobilini tuman markazidan “Qoraqalpog‘iston” PPJ tomonga boshqarib borayotib boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ngra qarama-qarshi tomonga chiqib ketib, 23 yoshli U.D. boshqaruvidagi Cobalt bilan to‘qnashgan. Tarmoqlardagi videoda Lacetti yonib ketganini ko‘rish mumkin.

Oqibatda Lacetti haydovchisi va uning 38 yoshli yo‘lovchisi hamda Cobalt haydovchisi U.D. hodisa joyida vafot etgan.

Shuningdek, Lacetti`ning 49 yoshli yo‘lovchisi hamda Cobalt`ning 27, 30, 31 va 53 yoshli yo‘lovchilari Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasiga tan jarohati bilan yotqizilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan olgan tan jarohati oqibatida o‘ziga kelmasdan vafot etgan.

Tadbirkorning 7 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament axborot xizmati bergan xabarga ko‘ra, mazkur jinoyat ishi idoraning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fosh qilingan.

Qayd etilishicha, Urgut tumani elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi A.N. (muqaddam sudlangan) “Z.H.” MChJ hisobchisi F.N.ning ishonchiga kirib, ushbu MChJning quruq mevani qayta ishlash faoliyati uzluksiz ishlashi uchun 14 000 AQSh dollari evaziga alohida elektr tarmog‘ini tortib, yangi transformator o‘rnatishi hamda tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berishini va’da qilib, shundan 7 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Shuningdek, tekshiruv davomida A.N.tomonidan 7 000 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Toshkentda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Bugun, 25-iyul kuni soat 00:30 atrofida Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasi 38-uy qarshisida ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, haydovchi 2005-yilda tug‘ilgan A.K. “Lacetti” avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi beton ustunga borib urilgan. YTH oqibatida A.K (haydovchi) va 2006-yilda tug‘ilgan X.X. (yo‘lovchi) olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, avtomashina ichida bo‘lgan yana 3 nafar yo‘lovchi: 2006-yilda tug‘ilgan A.I.; 2005-yilda tug‘ilgan Z.I.; 2005-yilda tug‘ilgan D.K. turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Sh.p.” MCHJ rahbari M.J. va do‘kon sotuvchisi R.J. hech qanday hujjatsiz umumiy bahosi 45,6 mln so‘m bo‘lgan 38 turdagi alkogol va 2 001 quti tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda sotuvga qo‘yganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.S. (muqaddam sudlangan) xaridorga “Esse change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan sotish maqsadida saqlab kelingan umumiy bahosi 40,2 mln so‘mlik 102 turdagi jami 1 251 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Теги :
Jamiyat