$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 8-may voqealari

Qora 8-may

Mebel zavodidagi yong‘in

Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, 8-may kuni soat 11:25 da Yashnobod tumani, Muxtor Ashrafiy ko‘chasida mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar tushgan. Ushbu yong‘in soat 13:00 da to‘liq o‘chirildi. Yong‘inni o‘chirishga jami 15 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi va 2 ta suv tashuvchi texnika jalb etildi.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni kuyish tan-jaroxati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q.

Sirtqi ta’lim shakli tugatiladi

Sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi.

Sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi.

Buyuk Britaniya o‘z fuqarolarini O‘zbekistonga safar borasida ogohlantirdi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolarini O‘zbekistonning janubiy chegara mintaqasiga safar qilmaslikka chaqirdi.

Ingliz tashqi siyosat mahkamasiga ko‘ra, ayni paytda qirollik fuqarolari O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasidan 5 kilometr masofadagi hududga (Termiz shahri va shimolga tutashuvchi yo‘l mustasno) bormay turgani ma’qul.

TIV saytida chop etilgan O‘zbekiston xaritasida hozircha tashrif buyurish tavsiya etilmagan hududlar alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

Farg‘ona vodiysida noqonuniy tamaki mahsulotlarining yirik partiyasi qo‘lga olindi

Keyingi bir necha kun ichida huquqni muhofaza qilish organlari Farg‘ona va Namangan viloyatlarida jami 130,2 mln so‘mlik 10 680 quti aksizi bo‘lmagan tamaki mahsulotlarini musodara qildilar.

Chunonchi, kontrabanda tamaki mahsulotlari sotuvchilarini qo‘lga olish bo‘yicha birinchi holat Yangi Namangan tumanida ro‘y berdi. Tezkor tadbir davomida 34,2 mln so‘mga teng 2680 quti noqonuniy sigaret musodara qilindi.

Yana ikkita reyd Farg‘ona viloyatida o‘tkazildi. Jami summasi 96 000 000 so‘mdan ziyod bo‘lgan 8000 quti aksizi bo‘lmagan tamaki mahsuloti qo‘lga olindi.

Теги :
Жамият